Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

Kafedraning dastlabki ilk mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent M.B.Ayzenberg uni 1952 yilgacha boshqaradi. Keyinchalik kafedraga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Respublikada xizmat koʻrsatgan Fan va texnika arbobi, professor Shokir Alimovich Alimov 1952 - 1976 yillarda rahbarlik qiladi.

 

 

1953 yilda kafedra bazasi Oʻzbekiston sil ilmiy tekshirish institutiga oʻtkazilgan. Shokir Alimovich Alimov rahbarlik davrlarida Respublikamizda juda koʻp ftiziatriya sohasining olimlari hamda etuk mutaxassislari etishib chiqdi. U kishi nafaqat ftiziatriya kafedrasini balki Ftiziatriya ilmiy tekshirish institutini boshqarish bilan barobarida Respublikamizda silga qarshi tadbirlarni yoʻlga qoʻyishda katta xizmat koʻrsatdi.

 

 

1976-1978 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi dosent Axrorxodjaev A.A., soʻng 1978-1999 yillarda  tibbiyot fanlari doktori, professor Kalanxodjaev Abdunabi Alautdinxodjaevich boshqardilar.
1961 yilda «Bolalar sili va suyak-boʻgʻim sili kursi» kafedrasi tashkil qilinib unga professor Said-Axmedov Anvar Axrorovich 1983 yilgacha boshchilik qiladi. Suyak-boʻgʻimlar sili kursi 1961-1976 yillarda dosent S.L.Firer rahbarligida faoliyat koʻrsatdi.

 

 

1983-1992 yillarda «Bolalar sili va suyak-boʻgʻim sili kursi» kafedrasini professor Maxamatov Qobul Maxamatovich boshqardi.

 

 

1992 yilda kafedralar yagona «Ftiziatriya» kafedrasi qilib birlashtiriladi. 1999 -2023 yillarda tibbiyot fanlari doktori Muxtorov Davronbek Zuxurovich boshqargan.

 

 

2024 yildan boshlab kafedraga tibbiyot fanlari falsafa doktori, dosent Alidjanov Sarvar Kashipovich rahbarlik qilib kelmoqda