Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

IV Xalqaro onlayn gastroforum 2020 yil

 

 

 

V Xalqaro onlayn gastroforum 2021 yil

 

 

 

III Respublika reabilitologlar forumi 2021 yil

 

 

Bugungi kunda kafedrada samarali o‘qitish jarayoni uchun barcha qulayliklar yaratilgan, uzluksiz ravishda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i ishlaydi, Moodle tizimida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan, bu esa elektron o‘quv materiallarini saqlash va o‘rganish uchun juda qulay imkoniyat yaratgan. Moodle tizimining afzalligi shifokor qaysi xududda bo‘lishiga qaramay, internet tarmog‘i orqali o‘quv materiallari bilan tanishib, masofaviy shaklda ta’lim olishi mumkin. Kafedra xodimlari va tinglovchilari uchun kompyuter, multimedia bilan ta’minlangan shinam o‘quv xonalari va ma’ruza zallari  mavjud.  Bundan tashqari tinglovchilar mustaqil shug‘ullanishlari, amaliy ko‘nikmalar o‘tkazish uchun yangi fizioterapevtik apparatlar xonasi, sport uskunalari bilan ta’minlangan trenajyor zali  xamda xodimlar va tinglovchilar uchun zamonaviy  ARM tashkil qilingan.

Shu jumladan, kafedra xodimlari auditoriya jixozlari orqali  on line konferensiya va konsultatsiya o‘tkazish jarayonida konferensaloqaga chiqib,  xamkasblari bilan muloqotda bo‘lish   imkoniyatiga ega.  

Ma’ruza mashg‘ulotlari  nazariy va amaliy jixatdan to‘laqonli boyitilgan bo‘lib, barcha  ma’ruza mazulari  bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlangan.

Amaliy mashg‘ulotlar  vaqtida shug‘ullanish uchun ko‘plab klinik va uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar xamda  kafedradagi barcha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar  mavjud.

O‘tilgan materiallarni mustaxkamlash uchun markaz klinikasida sikl tinglovchilari bilan birga professor ko‘rigi o‘tkazilib, bemorlar klinik tahlil qilinadi.