IV Xalqaro onlayn gastroforum 2020 yil
V Xalqaro onlayn gastroforum 2021 yil
III Respublika reabilitologlar forumi 2021 yil
Bugungi kunda kafedrada samarali o‘qitish jarayoni uchun barcha qulayliklar yaratilgan, uzluksiz ravishda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i ishlaydi, Moodle tizimida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan, bu esa elektron o‘quv materiallarini saqlash va o‘rganish uchun juda qulay imkoniyat yaratgan. Moodle tizimining afzalligi shifokor qaysi xududda bo‘lishiga qaramay, internet tarmog‘i orqali o‘quv materiallari bilan tanishib, masofaviy shaklda ta’lim olishi mumkin. Kafedra xodimlari va tinglovchilari uchun kompyuter, multimedia bilan ta’minlangan shinam o‘quv xonalari va ma’ruza zallari mavjud. Bundan tashqari tinglovchilar mustaqil shug‘ullanishlari, amaliy ko‘nikmalar o‘tkazish uchun yangi fizioterapevtik apparatlar xonasi, sport uskunalari bilan ta’minlangan trenajyor zali xamda xodimlar va tinglovchilar uchun zamonaviy ARM tashkil qilingan.
Shu jumladan, kafedra xodimlari auditoriya jixozlari orqali on line konferensiya va konsultatsiya o‘tkazish jarayonida konferensaloqaga chiqib, xamkasblari bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega.
Ma’ruza mashg‘ulotlari nazariy va amaliy jixatdan to‘laqonli boyitilgan bo‘lib, barcha ma’ruza mazulari bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlangan.
Amaliy mashg‘ulotlar vaqtida shug‘ullanish uchun ko‘plab klinik va uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar xamda kafedradagi barcha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud.
O‘tilgan materiallarni mustaxkamlash uchun markaz klinikasida sikl tinglovchilari bilan birga professor ko‘rigi o‘tkazilib, bemorlar klinik tahlil qilinadi.