Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra bugun

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Nazirov Feruz G‘afurovich

t.f.d., professor, akademik

Akademik ta'lim:

1973 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot instituti davolash fakultetini tamomlagan.

Ilmiy ishlari:

1981 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1990 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

F.G. Nazirov 14.00.27 – Xirurgiya va 14.00.44 – Yurak qon tomir xirurgiyasi ixtisosliklari boʻyicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi boʻyicha Ixtisoslashgan kengash Raisi, “Oʻzbekiston xirurgiyasi” jurnali bosh muxarriri, Oʻzbekiston xirurglar jamiyati raisi

Professional tajriba:

Markazning barcha klinik bo’limlari konsultanti

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Umumiy xirurgiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

To‘raqulov O‘ktamjon Nurmamatovich

t.f.d., dotsent

Akademik ta'lim:

Andijon Davlat Tibbiyot instituti davolash fakultetini 1994 yilda tamomlagan

Ilmiy ishlari:

2008 yilda "Tashqi o‘t oqmalarida xirurgik taktikasining o‘ziga xos xususiyatlari" 14.00.27 – Xirurgiya mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2019 yilda “Endovizual biliar xirurgiyada asoratlar strukturasi va sabablarining sistem tahlili hamda ularni profilaktikasining zamonaviy jihatlari” 14.00.27 – Xirurgiya mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2016 yilda dotsentlik unvonini olgan.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Andijon Davlat Tibbiyot instituti qoshidagi DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01-sonli Ilmiy Kengash a'zosi, “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM Ilmiy kengashi a'zosi, xirurgiya fakulteti muammolar kengash a’zosi

Professional tajriba:

Markazning bosh shifokor o‘rinbosari, barcha bo‘limlarni konsultanti

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Umumiy xirurgiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Saydazimov Erlan Mirzageldiyevich,

t.f.n., assistent

Akademik ta'lim:

1-Toshkent Davlat Tibbiyot instituti davolash fakultetini 1994 yilda tamomlagan

Ilmiy ishlari:

2012 yilda "Endovizual texnologiya yordamida parazitar va parazitar bo‘lmagan jigar kistalarini jarrohlik davolash" mavzusida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini himoya qilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

A’zoligi yo’q

Professional tajriba:

Markazning 1-sonli gepatobiliar xirurgiya va jigar transplantatsiyasi bo‘limi ilmiy xodimi

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Umumiy xirurgiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Matkarimov Shoxjaxon Ulugʻbek oʻgʻli

PhD, assistent

Akademik ta'lim:

Andijon Davlat Tibbiyot instituti davolash fakultetini 2017 yilda tamomlagan

Ilmiy ishlari:

2024-yilda “Qorin boʻshligʻida chegaralangan suyuqlik toʻplanishini kaminvaziv davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish” mavzusida tibbiyot fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini ximoya qilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

A’zoligi yo’q

Professional tajriba:

Markazning 2-sonli gepatobiliar xirurgiya va jigar transplantatsiyasi bo‘limi klinik xodimi

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Umumiy xirurgiya

Transplantologiya