Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

Kafedra 1924 yilda O‘rta Osiyo Davlat universiteti, keyinchalik ToshDavMI qoshida tashkil topgan. 1939 yilda tez yordam kasalxonasi bazasi sifatida 140 o‘rin fondi bilan tashkil topdi.

UVU paytida kafedrani professor G.A. Rotenberg boshkargan, bu yillarda kafedrani asosiy vazifasi xarbiy shifokorlarni tayorlash bulgan.  1953 yildan boshlab prof. G.A. Rotenberg nafakaga chikkanligi sababli kafedra mudiri lavozimiga dots. M.I. Gasparyan (1953-1964) tayinlangan.

1964 yili kafedra mudiri lavozimiga t.f.d. Muratova Xanifa Nurullovna (1964-1979) saylangan. 1965 yil unga professor unvoni berilgan, 1969 yil UzSSR da xizmat kursatgan fan arbobi unvoni berilgan. Bu inson kul ostida 1 ta doktorlik va 8 nomzodlik dissertatsiyalari ximoya kilingan.

1975-1996 yillar mobaynida dotsent Ilyasov Shokosim Shoxizirovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat kursatdi. 1996 yildan boshlab kafedra bazasi akademik V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Markaziga ko‘chirildi.

1996 yildan 1998 yilgacha va xozirgi vaktda kafedrani tibbiyet fanlar doktori, professor, akademik Nazirov Feruz Gafurovich boshkarib kelmokda. Kafedra bazasini akademik V.Vaxidov nomidagi RIXM ga kuchirilganidan keyin, akademik  Nazirov F.G. – malakali xirurg, kup kirrali mutaxasis – kafedrani rivojlanishiga unikal imkoniyatlar yaratdi, teoretik va amaliy bazalarni yanada kengaytirdi.

1998 yildan 2004 yilgacha kafedrani tibbiyot fanlar doktori, professor Xudaybergenov Abdulla Matkarimovich boshkargan. Katta tashkilotchilik, ilmiy – pedagogik va amaliy tajribaga ega bulgan professor Xudaybergenov A.M. kafedra an'analarini davom ettirgan xolda, Uzbekiston meditsinasidagi yangi yunalishlarni ichiga olgan xolda, ukish jarayoniga yangicha ukuv uslubini tadbik etdi. Bazadagi bor imkoniyatlar tufayli, kafedraga xirurgiyani eng sunggi amaliy yutuklarini tadbik etgan.

2004 yildan kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Xabibulla Ataullayevich Akilov boshkargan. 1998 yildan 2003 yilgacha «akademik V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Markazi» da  direktor lavozimida ishlagan va shunga kushimcha birinchi ToshDMI ni gospital xirurgiya va magistratura yunalishida professor lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yildan boshlab ToshVMOI rektori xamda xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri bulib xizmat kilib kelmokdalar.

2015 yil ToshVMOI Ilmiy kengash qarori bilan 1-xirurgiya kafedrasi xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasi negizida tashkil etildi, Hozirgi kungacha 1-xirurgiya kafedrasini akademik Nazirov F.G. boshqarib kelmoqda.