Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

 2021-2024 yillar davrida kafedra tomonidan oʼtkazilgan mavzuviy va umumiy malaka oshirish sikllarida 812 nafar tinglovchi taʼlim olgan. Otorinolaringologiya kafedrasida kalendar rejaga asosan 14 ta oʼquv dasturlari mavjud. Xozirgi kunda kafedraning 10 nafar malakali professor-oʼqituvchilari 1,75 – byudjet i 1,25 – xoʼjalik xisobidagi, klinik ordinatorlarga raxbarlik – 3,25 jaʼmi 6,75 shtat birligi stavkalarida faoliyat yuritishmoqda.

Kafedra xodimlari quyidagi klinik bazalarda davolash faoliyati olib boradilar: TXKMRM koʼp tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʼyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 2-shaxar bolalar jarroxlik klinik shifoxonasi, “PROFMED SERVIS”, ”SHIFO-ZIYO PLYUS”, “SHOXRUH BIZNES PLUS” MChJning “SOGLOM OILA”,”SAYFULLOH OTA SHIFO” xususiy klinikalari, Yunusobod tumanining markaziy va oilaviy poliklinikalari. Kafedra xodimlari muntazzam ravishda tashkil etiladigan murruvat va saxovat uylari, maxsus maktab va interantlarda tibbiyo koʼrik maslaxat va tashxisiy tekshiruv oʼtkazishlarda faol ishtirok etadi.

Kafedrada shifokorlar uchun umumiy va mavzuviy malakalarini oshirish sikllari oʼtkazilmoqda. Ixtisoslishtirish oʼquv dasturlari asosida otorinolaringolog, surdolog, foniatr mutaxassislari, xamda klinik ordinaturada orqali otorinolaringologlar tayyorlanmoqda. Xozirgi kunda kafedrada 80 dan ziyod klinik ordinatorlar taxsil olmoqda. Klinik ordinatorlar oʼz nazariy bilimlarini oshirish maqsadida TXKMRMda tashkil etilgan kutubxonadan samarali va unumli foydalanishmoqda. Xar oy otorinolaringologiya kafedrasida klinik ordinatorlar va ularning raxbarlari ishtirokida yosh avlodni sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish kunlari oʼtkazilmoqda. Kafedraning yetakchi ordinatorlari chet elda tashkil etilgan ilmiy anjumandarda ishtirok etib kelishmoqda.

Otorinolaringologiya kafedrasi xodimlari ilmiy saloxiyatni oshirish maqsadida ilmiy maqola va tezislar, monografiyalar, elektron darsliklar, uslubiy tavsiyanomalar va qoʼllanmalar ustida ish yuritishmoqda. Bundan tashqari, tayanch doktarantura, mustaqil izlanuvchilar tizimi orqali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash amalga oshirilmoqda.

TXKMRM Otorinolaringologiya kafedrasi xamkorligida muntazam ravishda konferentsialar va ilmiy amaliy anjunmanlar tashkil etilmoqda.