1934 yil 20 martda ilk bor ToshVMOI quloq, tomoq va burun kasalliklari boʼyicha sikl oʼtkazildi. 1942 yil 1 martda ToshVMOI otorinola-ringologiya kafedrasi tashkil etildi, 1952 yildan boshlab mutaxasislikga tayyorlash bilan bir qatorda otorinolaringolog shifokorlarni malakasini oshirish amalga oshirish boshlandi. 1944 yil kafedrada mutaxassislarni klinik ordinatura orqali, 1957 yildan esa ilmiy xodimlarni aspiratura orqali tayyorlash boshlandi.
Oʼtgan davr davomida kafedrada yuzlab shifokorlar malaka oshirishgan, ixtisoslashirish va klinik ordinaturada taxsil olishgan. Kafedrada 5ta tibbiyot fanlari doktorlari va 21 tibbiyot fanlari nomzodlari tayyorlangan. Xozirgi kunda kafedrada shifokorlar uchun umumiy va mavzuviy malakalarini oshirish sikllari oʼtkazilmoqda. Ixtisoslishtirish oʼquv dasturlari asosida otorinolaringolog, surdolog, foniatr mutaxassislari, xamda klinik ordinaturada orqali otorinolaringologlar tayyorlanmoqda. Tayanch doktarantura, mustaqil izlanuvchilar tizimi orqali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash amalga oshirilmoqda.
Kafedra faoliyatining barcha davrida quloq kasalliklarining amaliy va nazariy muammolari chuqur oʼrganilib kelmoqda. Jumladan, L.T.Levin tomonidan oʼrta quloqning sanatsiyalovchi operatsiyasining, S.I.Shumskiy esa chakka suyaklarini rengenografiyasini takomillashtirilgan usullarini taklif etishgan. Bu yoʼnalishning davomi sifatida 2000 yillarda professor K.D.Djabbarov raxbarligida А.Ch. Xushboqovning tomonidan surunkali oʼrta otitning epidemiologiyasi va mastoidoplastikani takomillashtirishga bagʼishlangan ilmiy ishini xam misol qilib koʼrsatish mumkin. Respublikamizda birinchi marta 2019 yilda professor S.S.Аrifov raxbarligida mustaqil izlanuvchi G.Yo.Yunusova tomonidan otoskleroz kasalligiga, 2020 yilda mustaqil izlanuvchi S.S.Orifov akustik jaroxaidan keyin eshitishni oʼtkir sensonevral zaiflashuviga bagʼishlangan ilmiy ishlari yakunlandi va ular amaliyotga tatbiq etildi.
XX asrning 60-yillarida kafedra professor E.А. Ladijinskaya raxbarligida respublikada otonevrologiya va vestibulologiya boʼyicha yetakchi markaz sifatida tan olindi. Shu yoʼnalish boʼyicha “Mener kasalligi” deb nomlangan monografiya va koʼplab ilmiy maqolalar, uslubiy tavsiyanomalar chop etildi.
70-yillarda SSSRda birinchilar qatorida professor G.T.Ibragimov boshchiligida T.Sh.Mamatova tomonidan ultratovushni burun va uning yondosh boʼshliqlarining kasalliklarini tashxislashda qoʼllashni nazariy tomonlarini oʼrganildi va muvofaqiyatli amaliyotga tatbiq etildi. Bu yoʼnalish dotsent T.Sh.Mamatova raxbarligida 90-yillarda assistent E.Yaxina tomonidan ultratovushni surunkali oʼrta otitlarni va xozirgi kunda tayanch doktorant E.Y.Maxamadaliev tomonidan paranozillyar abstsesslarni tashxislashda qoʼllash deb nomlangan ilmiy ishlarida davom ettirildi.
Oʼtgan barcha yillar davomida kafedra xodimlari tomonidan burun va uning yondosh boʼshliqlari kasalliklari muammolari oʼrganib kelinmoqda. Jumladan, bu yoʼnalish boʼyicha 60-70 yillarda А.Q.Rasulova, А.M.Аshurov tomonidan professor G.T.Ibragimov raxbarligida 90-yillarda t.f.n. ilmiy darajasi olish uchun va xozirgi kunda professor S.S.Аrifov raxbarligida DSc ilmiy darajasi olish uchun bajarilgan keng qamrovli ilmiy izlanishlar bajarildi, 2020 yilda А.B.Rasulov vazomotor rinitlarga bvgʼishlangan PhD ilmiy darajasi olish uchun bajarilgan ilmiy ishi yakunladi.
Kafedra girudoterapiyani otorinolaringologiyada qoʼllanilishi boʼyicha “pioner”lardan biri xisoblanadi. XX asrning 80-yillarida boshlangan bu yoʼnalishdagi keng qamrovli ilmiy izlanishlar natijalari dotsent T.Sh.Mamatova raxbarligida 90-yillarda assistent D.E.Pardaev t.f.n. ilmiy darajasi olish uchun bajarilgan ilmiy ishi, 2020 yilda chop etilgan “Girudoterapiya v otorinolaringologii” (muallif Pardaev D.E.) va koʼplab ilmiy maqolalar, uslubiy tavsiyanomalarda aks etgan.
Oʼtgan barcha yillar davomida kafedra xodimlari tomonidan xalqum va xiqildoq kasalliklari muammolari xam oʼrganib kelinmoqda. Jumladan, O.B.Аbduraxmonov tomonidan burunxalqumning oʼspirinlar angifibromasi (DSc ilmiy darajasi olish uchun bajarilgan ilmiy ishi), surunkali tonzillit muammosi boʼyicha D.T.Аrtikova (t.f.n. ilmiy darajasi olish uchun bajarilgan ilmiy ishi), S.А.Xasanov tomonidan ilmiy izlanishlar bajarilgan.
Oʼzbekistonda ilk bor professor S.S.Аrifov boshchiligida 2009 yilda koxlear implantatsiya, assistent R.Z.Umarov tomonidan kafedraning klinik bazasi boʼlgan “ProfMedServis”klinikasida burunxalqumning oʼspirinlar angiofibromasi, burun va yondosh boʼshliqlaridan miya asosiga oʼsib kirgan patologik xosilalarni, COVID-19ning LOR-aʼzolaridagi, koʼruv aʼzosi bian bogʼliq tromoembolik asoratlarini davolashni endoskopiya usulida olib tashlash operatsiyasini bajarish amaliyotga tatbiq etildi.