Kafedra 1946 yil Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining klinikasida professor L.D. Vasilenko tomonidan tashkil etilgan.
Keyinchalik kafedraga assistent B.N.Kalmikov (1949), professor A.A.Epshteyn (1950-1952), t.f.n. T.X.Xasanov (1953). Yuqorida ko’rsatilgan mudirlar onkologiyani fan sifatida, vrach onkologlarni yetishtirishda o’z hissalarini qo’shganlar.
1959-1972 yillar professor B.L. Bronshtein boshchiligida kafedra keng miqyosda o’quv amaliyot ishlar bilan bir qatorda, ilmiy ishlar olib borilgan. B.L.Bronshteyn mohir pedagog va amaliy onkolog bulish bilan bir qatorda, mohir ko’zga ko’ringan onkolog olim ham edi. Sobiq Ittifoqda birinchilar qatorida 1962 yilda “To’g’ri ichak saratoni” nomli monografiya chop etiladi. Kafedrada 10dan ortiq tibbiyot nomzodi va doktorlarni tayyorlagan.
1973 yildan 1986 yilgacha onkologiya kafedrasi professori V.G. Xojaev boshqargan. V.G.Xojaev Sobiq Ittifoq davridan bosh va bo’yin havfli o’sma kasalliklarida regionar kimyoterapiya bilan davolashiga asos solgan. U birinchilar qatorida ushbu usulni amaliyotga tadbiq etgan va uni boshqa usullardan afzallikka ega ekanligini kursatib bergan.
1987 yildan -2000 yilgacha onkologiya kafedrasiga professori A. Fozilov rahbarlik qilgan. 1988 yil kafedra qoshida ultratovush diagnostikasi kursi ochilgan. Shu yillar mobainida kafedra pedagog va amaliy ishlar jadal sur'atlar bilan rivojlantirildi.
Shu yillar mobainida o’qish dasturlarida yangi mazuiy sikllar tashkil qilindi. Ilmiy ishlarga e'tibor kuchaytirildi va 30dan ortik doktorlik nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqladilar, 700 dan ortik ilmiy maqolalar chop etildi.
2001 Yildan Onkologiya kafedrasini t.f.d. Professor M.A.Gofur-Oxunov boshchilik qilib kelmoqda. Shu yillar mobainida bo'lim ixtisoslashtirildi, mazuiy sikllar dasturi qayta qurib chiqildi va qayta tasdiqlandi. Klinik ordinatorlar uchun o’quv dasturlar ishlab chiqildi, test savollari qayta ko’rildi va to’ldirildi. 2007-yilda kafedra qoshida qaytadan ultratovush diagnostika kursi tashkil qilindi va bu kurs 2022-yil alohida Ultratovush tashxisi kafedrasi – 2 sifatida ajrab chiqdi. Oʻtgan davr oraligʻida 15ga yaqin kishi nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi.