2024-yilning 7-9-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Og‘riq sindromlarini davolashning dolzarb strategiyalari va innovatsion usullari” mavzusida xalqaro ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Birinchi kun TKXMRM anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasi mudiri, professor D.M.Sabirov boshchiligida ma’ruzalar tinglandi. Keyingi kunlarda klinika sharoitida A.Berkovich, D.Uvarov, I.Portnyagin va kafedramiz o‘qituvchisi X.Abdullaevalar bevosita ishtirokida og‘riqni davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha amaliy muolajalar o‘tkazildi.
2024-yilning 5-9-sentabr kunlari Samarqand shahrida “Respirator terapiyaning dolzarb masalalari. Sun’iy ventilyatsiya, o‘pkani sun’iy va yordamchi ventilyatsiyasi zamonaviy rejimlari” mavzusida xalqaro ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya TXKMRM anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasi mudiri, professor D.M.Sabirov boshchiligida o‘tkazildi. Anjumanda Rossiya va Slovakiyadan mehmonlar ishtirok etishdi.