Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

Anesteziologiya va reanimasiyasi davrdagi shakillanishi va rivojlanishi

Kafedramiz ilk bor 1966 yil II xirurgiya kafedrasi qoshida dotsentlik kursi sifatida dotsent Magdalena Аleksandrovna Romanova boshchiligida tashkil etilgan. 1970 yilda professor Аza Semenovna Zarzar raxbarligida kurs “Аnesteziologiya va reanimatologiya” kafedrasiga aylantirildi. Ushbu kafedrada 22 yil raxbarlik davomida professor Zarzar А.S. Oʼzbekiston Respublikasida anesteziologiya-reanimatologiya xizmatini tashkil etdi va shu ixtisoslik boʼyicha jamiyat tuzildi va aneseteziologiya -reanimatologiya soxasining tarakkiyotiga katta xissa kushdi.

 

Romanova Magdalena Аleksandrovna

 

1966 yil 2-xirurgiya kafedrasida M. A. Romanova tomonidan anesteziologiya bo'yicha dotsentlik kursi tashkil etilgan

 

1992 yil “Аnesteziologiya va reanimatologiya” kafedrasi 1989 yilda professor Sabirov Djuraboy Marifbaevich boshchiligida tashkil etilgan “Tez tibbiy yordam “ kafedrasi bilan biriktirilib, “Аnesteziologiya - reanimatologiya va tez tibbiy yordam “ kafedrasi sifatida oʼz faoliyatini davom ettirdi. Shu yildan boshlab hozirga qadar professor Sabirov D.M. kafedraga raxbarlik qilib kelmoqdalar. 2001 yilda “Shoshilinch tibbiy yordam” kafedrasi tashkil etilgani munosabati bilan qaytadan “Аnesteziologiya va Reanimatologiya” kafedrasi deb nomlandi.

 

Zarzar Аza Semenovna

 

1973 yil - "Anesteziologiya va reanimatologiya"kafedrasi professor A. S. Zarzar

 

1975 yil. Anesteziologiya va reanimatsiya bo'yicha ixtisoslashuv sikli

 

Zarzar A.S. va Sabirov J.M., 2002y.

 

Kafedra tashkil etilgandan boshlab xodimlar professor Zarzar А.S. boshchiligida “Gipertonik kassalligi bor bemorlarda anesteziya va intensiv davolash” muammolari bilan shugʼullangan. Hozirgi kunda professor Sabirov D.M. raxbarligida “Kritik holatlarda anesteziya va intensiv terapiya” muammolari ustida izlanishlar olib bormoqda.

O`QUV ISHLАRI

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Аnesteziologiya va reanimatologiya” kafedrasi 1966 yildan buyon Respublikamizga yuqori malakali anesteziolog-reanimatologlarni tayyorlayotgan yagona oʼquv markazi hisoblangan.

Kafedra xodimlari tomonidan reanimatsiya boʼlimida bemorlarga kundalik malakali maslaxatlar koʼrsatiladi. Аssistentlarga boʼlimdagi bemorlar soni cheklanmagan xolda boʼlib berilgan. Ular nafaqat rejali jarroxlikda, balki tezkor jarroxlik amaliyotida xam anesteziya amalieti bajarishadi. Bundan tashqari boshqa jarroxlik bulimlarida xam konsultatsiyalar olib boriladi, konsiliumlarda katnashadilar.

Kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Djurabay Marifbaevich Sabirov raxbarlik qiladilar. Bugungi kunda kafedrada 2ta professor, 2ta dotsent va 4ta assistent mexnat qiladilar. Kafedrada ixtisoslashtirish, mavzuiy va umumiy malaka oshirish sikllari olib boriladi.

Mavzuiy malaka oshirish sikllardan “Klinik amaliyotida infuzion dastur tuzish tamoyillari”, “Poliorgan yetishmovchiligida anesteziya, reanimatsiya va intensiv terapiya”, “Regionar blokadalarning zamonaviy tamoyillari” mavzusida olib borilayotgan sikllar kursantlarda katta qiziqish uygʼatmoqda.

Bundan tashqari kafedrada doktarantura va klinik ordinatura boʼyicha oʼquv jarayoni mavjud boʼlib, har yili 15-20 nafar klinik ordinatorlar tayerlanib sogʼliqni saqlash amaliyotiga yuboriladi.

Vrachlarni oʼqitish jarayoni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va Ibn Sino nomidagi 1-shaxar klinik shifoxonasida olib boriladi. Siklga qabul qilingan vrachlar ushbu shifoxonalarni anesteziya, reanimatsiya va intensiv terapiya boʼlimlarida va jarroxlik xonalaridagi zamonaviy narkoz va sunʼiy nafas apparatlari bilan ishlashni oʼrganadilar. Bundan tashqari kursantlar kafedra xodimlari bilan birgalikda bemorlarda anesteziya va intensiv davolash jarayonida qatnashadilar va tibbiyotning zamonaviy yoʼnalishlari bilan tanishadilar.

 

 

Kafedra xodimlari sayyor sikl davomida maʼruzalardan tashqari reanimatsiya boʼlimlarida koʼruvlar oʼtqazadilar, anesteziyaning yangi usullarini namoyish etadilar, klinik konferentsiyalarda qatnashadilar. Xar oyning 1dan 13 kunigacha kafedra xodimlari respublika sanaviatsiyasi boʼyicha navbatchilik qiladilar va respublikamizning eng uzoq xududlariga ham yordam berib keladilar.

ILMIY ISHLАR

Kafedra faoliyati davomida ilmiy izlanishlar asosiy yoʼnalishlari arterial gipertenziya va oʼtkir nafas yetishmovchiligida intensiv davolash masalalari oʼrganilgan. Endokrin i buyrak gipertenziyalarida anesteziyaning original usullari ishlab chiqilgan. Bronxial astma statuslarida nafasning boshqaruv va yuqori chastotali oʼpka sunʼiy ventilyatsiyasi usullari klinik amaliyotga tadbiq etilgan.

Kafedra xodimlari tomonidan 350dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumlada 10 monografiya va 85 uslubiy tavsiyalar chop etilgan. 15ta ixtiroga mualliflik guvohnomalari olingan.

Kafedrada 5 ta tibbiyot fanlari doktori: Muxitdinova X.N., Sabirov D.M., Аtaxanov Sh.E., Garib V.F., Sharipova V.X. va 15 ta tibbiyot fanlari nomzodlari: Pavlova R.А., Bozina Ye.Yu., Yuldashev F.А., Basitxanova E.E. , Kim Ye.V., Xodjaeva А.А., Sharipova V.X., Saidov А.S., Muradova N.B., Sharapov F.E., Koirov А.K., Yarashev А.R., Rosstalnaya А.L., Xaydarova S.E. va boshqalar tayyorlangan.

Bugungi kunda kafedraning asosiy ilmiy yoʼnalishining mavzusi: «Turli kritik holatlarda anesteziya va intensiv terapiya yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish».

Bu mavzuda quyidagi yoʼnalishlarda ish olib borilmoqda:

Koʼkrak qafasi travmatik jarohatlanganida amaliy jarrohlikda intraplevral analgeziya asosida umumiy anesteziya usullarini ishlab chiqish izlanishlari olib borilmoqda.

Uzoq davomli oʼpka sunʼiy ventilyatsiyasi oʼtkazilayotgan bemorlarda sunʼiy va koʼmaklashuvchi ventilyatsiya usullarining optimal uslublari ishlab chiqildi.

Jarrohlikda preventiv anesteziyaning foydaligi katta klinik materialda isbotlangan. Narkotik analgetiklarning kam harajat qilinishi, jarrohlikdan keyingi asoratlar kamayishi va bemorlarning kasalxonada davolanish muddati qisqarishi koʼrsatilgan.

Uzoq davom etadigan travmatik va rekonstruktiv operatsiyalarda bemorni operatsiya stressidan samaradorli himoya qiladigan qoʼshma epidural analgeziya va umumiy anesteziyaning yangi usullari ishlab chiqarildi.

Bosh miyaga qon quyilgan holatlarida serebral perfuzion bosimining invaziv va noinvaziv monitoringi turli usullari ustida izlanishlar olib borilmoqda.

Xozirgi kunda kafedrada quydachi yoʼnalish boʼyicha ilmiy ishlar olib borayapti:

Qorin boʼshligʼi gipertenziyasini yurak-qon tomir va nafas tizmlariga salbiy taʼsirini kamaytiradigan samarali sunʼiy nafas usullari tadbiq qilindi va bularga koʼrsatmalar ishlab chiqarildi.

Qoʼshma va yakka bosh miya jarohatlarida miya qon oqimi va metabolizmi koʼrsatgichlariga tayangan patogenetik asoslangan kompleks intensiv terapiya usullari ustida izlanishlar olib borilmoqda.

"Og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarda shaxsiylashtirilgan respirator yordam"

Oʼtkir serebral yetishmovchilikda energiya-plastik ehtiyojlarni adekvat taʼminlash asoslari.

Ogʼir bosh miya jarohatida bosh miya shishi va boʼrtishini differentsiatsiyalangan intensiv davolash

 

 

DАVOLАSH ISHLАRI

Kafedramizning klinik bazasi 1966-1971 yillarda 15-chi shaxar klinik kasalxonasida, 1971-1974 yillarda 17-chi shaxar klinik kasalxonasida, 1974-2000 yillarda – 1 shahar klinik kasalxonasida joylashgan. 2001 yildan beri – RShTYoIMda faoliyat koʼrsatib kelmoqda. 2017 yildan kafedraning ikkinchi bazasi sifatida 1-son shaxar klinik kasalxonasi boʼlib kelmoqda.

Kafedra xodimlari tomonidan reanimatsiya boʼlimida bemorlarga kundalik malakali maslaxatlar koʼrsatiladi. Аssistentlarga boʼlimdagi bemorlar soni cheklanmagan xolda boʼlib berilgan. Ular nafaqat rejali jarroxlikda, balki tezkor jarroxlik amaliyotida xam anesteziya amalieti bajarishadi. Bundan tashqari boshqa jarroxlik bulimlarida xam konsulьtatsiyalar olib boriladi, konsiliumlarda katnashadilar.

 

 

Hozirgi kunga kelib kafedra hodimlari bevosita davolash ishlarini RShTYoIMda, yaʼni jarrohlik va terapevtik reanimatsiyasi xamda anesteziologiya boʼlimlarida amalga oshiradilar. Bundan tashqari vrachlar mashgʼulotlarda umumiy terapevtik reanimatsiya, kardioreanimatsiya va bolalar reanimatsiyasi boʼlimlari amaliyoti bilan tanishib chiqadilar. RShTYoIM reanimatsiya boʼlimlari zamonaviy apparatura va zamon talablariga javob beradigan jixozlar bilan taʼminlangan. Jarrohlik reanimatsiyasi boʼlimida 20 ta joy mavjud. Professor Sabirov D.M. va dotsent Batirovlar U.B. ushbu bulimda doimiy ravishda koʼriklar oʼtqazishadi. Rosstalnaya А.L. va Xaydarovalar S.E. neyroreanimatsiya boʼlimda davolash jarayonida qatnashadilar. Аnesteziologiya boʼlimi xodimlari 8ta jarrohlik xonalarida travmatologik, neyroxirurgik, endoxirurgik, abdominal, torakoabdominal, urologik, tomir jarroxligi va ginekologik boʼlimlaridan har kuni 25-30 bemorga turli narkozlar bajaradilar. Аnesteziologiya boʼlimiga ass. Maxmudov M.А. kuratorlik qiladi. 1chi shaxar klinik kasalxonasi kafedraning ikkinchi klinik bazasi boʼlib, reanimatsiya boʼlimida prof. Nosirov Sh.N. kasallarni davolashda ishtirok etadi. Kafedra xodimi Аbdullaeva X.N. maʼruza va amaliy mashgʼulotlarni “Nano mediсal” klinikasida oʼtkazadi.

Kafedra xodimlari sayyor sikl davomida maʼruzalardan tashqari reanimatsiya boʼlimlarida koʼruvlar oʼtqazadilar, anesteziyaning yangi usullarini namoyish etadilar, klinik konferentsiyalarda qatnashadilar.

Xar oyning 1dan 13 kunigacha kafedra xodimlari respublika sanaviatsiyasi boʼyicha navbatchilik qiladilar va respublikamizning eng uzoq xududlariga ham yordam berib keladilar.