Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

 “OIV infeksiyasi muammolari» kursining professor-o‘qituvchilari BIMMda malaka oshirgan va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlarga ega.

“OIV infeksiyasi muammolari” kursi xodimlari nafaqat mamlakatimiz, balki xorijdagi turli muassasalar bilan muntazam o‘quv-uslubiy, ilmiy hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Masalan, “OIV infeksiyasining molekular-epidemiologik tashxisi, latentlik fenomeni va dori-darmonlarga chidamlilik“ mavzusida kurs rahbari, dotsent K.X. Yo‘ldoshev va xalqaro mutaxassis professor M.R. Bobkova bilan birgalikda 36 soatlik seminar o‘tkazildi.

 

 

Kurs xodimlari tibbiyot kursantlari uchun ko‘plab darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyanomalar mualliflaridir. Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy ishlar, jumladan, xorijiy nashrlarda, uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar chop etilgan.

Kurs o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlarini yozishda qatnashdilar

Milliy g‘oyani targ‘ib qilish maqsadida butun o‘quv yili davomida malaka oshirishning barcha bosqichlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dars o‘tkaziladi, pedagoglar kursantlar bilan darsdan so‘ng tarixiy obidalar va muzeylarga tashrif buyurishadi.

 

 

 

Toshkent davlat vaksina va zardob ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengash aʼzosi

TMAda dissertatsiya himoyasi bo’yicha fan doktori ilmiy darajasini olish uchun bir martalik ilmiy kengash a’zosi.

Respublika OITSga qarshi kurash markazi Ilmiy kengashi a’zosi

 

GIYASOVA GUZAL MANAPOVNA 

Respublika OITSga qarshi kurash markazi Ilmiy kengashi a’zosi

Fakultet ilmiy kengashi a’zosi va Muammolar hay’ati a’zosi (Dissertatsiyalar, uslubiy tavsiyalar, o‘quv dasturlarining ilmiy mavzularini tasdiqlash)

UMIROV SAFAR ERGASHEVICH

Respublika OITSga qarshi kurash markazi Ilmiy kengashi a’zosi. “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ilmiy-amaliy jurnali” tahririyat hay’ati a’zosi.

Fakultet ilmiy kengashi a’zosi va Muammolar hay’ati a’zosi (Dissertatsiyalar, uslubiy tavsiyalar, o‘quv dasturlarining ilmiy mavzularini tasdiqlash).

MUSTAFAEVA DILDORA ASATOVNA

Respublika OITSga qarshi kurash markazi Ilmiy kengashi a’zosi

Kurs mudiri Yuldashev K.X., dotsent Umirov S.E.,  assistentlar Giyasova G.M., Mustafaeva D.A.  va stajor-ukituvchi Nurullaeva M.Sh. davlat xisobotini tayerlashga, strategik dasturning ishlab chikishda va boshka meyoriy xujjatlarni yaratilishida faol qatnashdilar. Davlat boshkaruv organlarining tashkiliy-metodik   faoliyatida ishtiroki.

Kafedra xodimlari OIV-infeksiya bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar ishlab chiqishda faol ishtirok etadilar