Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

Jahondagi va O‘zbekiston Respublikasidagi OIV infeksiyasi bo‘yicha  epidemik vaziyatning, hamda OIV  infeksiyasining xususiyatlarini inobatga olgan holda, OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar nafaqat aholi o‘rtasida maqsadli profilaktik tadbirlargagina qaratilmasdan, balki tibbiyot xodimlarining  uzluksiz tibbiy ta’limini,  mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishga ham qaratilishini  taqozo etadi.

Bu masalaga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda, xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 26 dekabrda imzolangan №1023-sonli “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”  gi Farmoni va  ushbu hujjatga asosan tayyorlangan Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 5 yanvardagi “OITSga qarshi kurashish markazlarining tashkiliy strukturasi va faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori muhim o‘rin tutadi.

Ushbu Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi qaratilgan Milliy reja tasdiqlandi. Milliy rejada, jumladan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida OIV infeksiyasining epidemiologiyasi, profilaktikasi va uni davolash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilishi zarurligi ko‘rsatilgan.

Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, mutaxassislarning OIV infeksiyasi bo‘yicha malakalarini oshirish maqsadida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rahbariyati tomonidan epidemiologiya kafedrasi qoshida «OIV infeksiyasi muammolari» kursini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va 2009 yilning 1 aprelida institut Ilmiy Kengashida ushbu qaror tasdiqlandi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va OITS ga qarshi kurashish respublika Markazi o‘rtasida mutaxassislarni kompleks tayyorlash va Markaz xodimlarini o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha memorandum imzolandi.  Kurs mudiri etib maqsadga intiluvchi, irodali va o‘z kasbining haqiqiy bilimdoni, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Yuldashev K.X. tayinlandi.

 

 

Shu paytda Yuldashev K.X.  Jahon bankining Markaziy Osiyoda OITS nazoratiga qaratilgan loyihaning monitoring va baholash bo‘yicha mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan

Epidemiologiya kafedrasi qoshida «OIV infeksiyasi muammolari» kursining 2009 dan 2024 yilgacha davrdagi professor-o‘qituvchilari tarkibi   

2009 yildan h.q.       Giyasova G.M «OIV/OITS muammolari» kursi assistenti               

2009 yildan h.q.       Mustafaeva D.A.  «OIV infeksiyasi   muammolari» kursi assistenti

2010 -2020 yy.          Urunova D.M«OIV/OITS muammolari»  kursi assistenti               

2016-2019 yy.            Kurbanov B.J «OIV/OITS muammolari»  kursi stajor o‘qituvchisi 

2015-2017 yy.           Zыryanova Anastasiya Yurevna, kurs laboranti

2018 yildan h.q.      Mirzaraximova A.G «OIV/OITS muammolari» o‘quv XONA mudirasi

2018 yildan h.q.      Nurullaeva M.Sh. «OIV/OITS  muammolari» kursi stajor o‘qituvchisi                                              

2018-2019 yy.          Nurmatov V.X «OIV/OITS  muammolari» stajor o‘qituvchisi                                              

2019 yildan h.q.     Kurbanov B.J «OIV/OITS  muammolari» kursi  assistenti                              

2019 yildan h.q.    Umirov S.E «OIV/OITS  muammolari» kursi dotsenti