Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Yuqumli kasalliklar kafedrasi

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Musabayev Erkin Isakovich, t.f.d. akademik

Akademik ta'lim:

1973-1979 yy. - Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti talabasi

1979-1982 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinik ordinatori

1982-1988 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti

 kichik ilmiy xodimi, aspiranti

1988-1990 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti laboratoriya mudiri            

1990-1995 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti  ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

1995-1996 yy. - Toshkent shahri 1-sonli yuqumli kasaliklar  shifoxonasi bosh shifokori.

1996-2000 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti laboratoriya mudiri                        

2000-2004 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti «Yuqumli kasalliklar» kafedrasi mudiri

2004-2021 yy. - Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori

2021 y. -  h.v.  - Respublika ixtisoslashtirilgan  epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Ilmiy ishlari:

1983 yilda «Virusli gepatit A va B larni davolashda sitoxrom C ning klinik va immunologik parametrlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1991 yilda «Tif va virusli gepatitda asetillanish jarayonlari va monooksigenaza fermentlar tizimining klinik-patogenetik ahamiyati» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1995 yildan professor unvoni berilgan.

2024 yildan O‘zRFA akademigi unvoni berilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Ilmiy darajalarni berish bo‘yicha ilmiy kengash a’zosi

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ilmiy kengash a’zosi

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kengashi raisi

Yevropa gepatologlar assosiatsiyasining a’zosi

O‘zbekiston gepatologlar uyushmasini raisi

Bir qator mahalliy va xorijiy ilmiy tibbiy jurnallarning tahrir hay’ati a’zosi.

5 ta monografiya, 300 dan ortiq maqola, 30 ta uslubiy ko‘rsatma, 50 dan ortiq o‘quv dasturlari chop etilgan.

18 ta tibbiyot fanlari nomzodi va 5 ta fan doktorlarini tayyorlagan.

Professional tajriba:

Yevropa komissiyasi, Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (AQSH, Atlanta), Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Emlash va immunoprofilaktika Global Alyansining bir qator xalqaro grantlari ishtirokchisi va koordinatori

Yevropa-Osiyo yuqumli kasalliklar jamiyati (Rossiya) a’zosi.

Ilmiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari: O‘zbekistonda virusli gepatitlar, virusli diareya va boshqa yuqumli kasalliklarning patogenezi, davolash va molekulyar epidemiologiyasini o‘rganish.

Virusli  gepatitlar, OIV, COVID-19 va odam papilloma virusi  bo‘yicha bir qancha milliy va xalqaro tadqiqotlar koordinatori

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Uning rahbarligida Respublikamizda:

1. O‘zbekistonda ilk bor Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va olib kirilayotgan tashxisot diagnostikumlarining sifatini nazorat qiluvchi Referens laboratoriya tashkil etildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi uchun dolzarb bo‘lgan viruslarni (V, C, D gepatit viruslari, OIV) aniqlash bo‘yicha PZR usuli joriy etildi, bu esa virusli infeksiyalarni o‘z vaqtida va samarali tashxislash va davolash imkonini berdi.

 3. Qrim-Kongo gemorragik isitmasini Ribaverin dori vositasi yordamida davolashning qo‘shimcha usuli ishlab chiqildi va joriy etildi.

4. Virusli diareyaning etiologik tuzilishi, shu jumladan, rotavirus infeksiyasi epidemiologiyasi va ushbu infeksiya bilan kasallanish o‘rganildi.

5. Surunkali HBV, HCV va HDV infeksiyalarida fibroz va birlamchi jigar saratoni rivojlanishida mikroRNKlarning patogenetik va tashxisiy roli o‘rganildi.

6. O‘zbekistonda ilk bor parvovirus V19 infeksiyasining klinik-laborator jixatlari o‘rganildi.

7. Surunkali virusli gepatit bilan bog‘liq GSKda PIVKA II usulining sezgirligi va spesifikligi o‘rganildi.

8. Kasalliklarni tahlil qilish markazi jamg‘armasi (CDAF, AQSH) bilan hamkorlikda O‘zbekistonda gepatitni eliminatsiya qilish bo‘yicha (Uzbekistan Hepatitis Elimination Program (UHEP) tajriba-sinov ishlari olib borildi

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Ibadova Gulnara Aliyevna , t.f.d.., professor

Akademik ta'lim:

1974-1980 O‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyot  instituti talabasi

1980-1981 Toshkent sh. BOMDB klinikasida Vrach-intern

1981-1982 Toshkent viloyati Toshkent tumani tugrukxonasi nyeonatolog,  anesteziolog

1982-1984 Toshkent shahri O’rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti «Bolalar kasalliklari» kafedrasi     klinik ordinator

1984-1987  I.I.Mechnikov nomidagi 1 Moskva Meditsina instituti «Bolalar  kasalliklari» kafedrasi aspiranti

1987-1991 O’rta Osiyo pediatriya instituti «Bolalar kasalliklari» kafedrasi assistenti

1991-1997 EMYUKITI “Diareya kasalliklari” klinik bo’linmasi katta ilmiy xodimi

1997-2000 OOO SORIS Vaksinoprofilaktika  kabinetida vrach

2000-2012 «Diareya kasalliklari» laboratoriyasi mudiri (o’rindosh)

2004 –2023 ToshVMOI «Bolalik davri yukumli va parazitar kasalliklari» kafedrasi mudiri

2023 yildan hozirgacha – yuqumli kasalliklar kafedrasi professori

Ilmiy ishlari:

O‘zbekiston Respublikasi yuqumli kasalliklar assotsiatsiyasi  a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Mikrobiologlar uyushmasi  a’zosi

Ilmiy darajalarni berish bo‘yicha seminar kengashining a’zosi

Tibbiy toifa bo‘yicha sertifikatlashtirish komissiyasi a’zosi

Jigar kasalliklarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa assosiatsiyasi (EASL) a’zosi

Bir qator mahalliy va xorijiy ilmiy tibbiy jurnallarning tahrir hay’ati a’zosi.

5 ta monografiya, 300 dan ortiq maqola, 30 ta uslubiy ko‘rsatma, 50 dan ortiq o‘quv dasturlari chop etilgan.

18 ta tibbiyot fanlari nomzodi va 5 ta fan doktorlarini tayyorlagan.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Xalqaro va davlat tadqiqot loyihalari rahbari

Professional tajriba:

Akkreditatsiya bo‘yicha ekspert "Tibbiy ta’lim sifatini va akkreditatsiyada ekspertlarning ta’minlash"

Innovasion davlat loyihasi rahbari: «Rutan 25 mg mahalliy preparatining bolalarda KOVID-19, O‘RVIlarni davolashda samaradorligini o‘rganish va davolash protokollarini ishlab chiqish»

Farmakoterapiya bo‘yicha ilmiy maslahatchi

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Yuqumli  va bolalar yuqumli kasalliklariga qarshi emlash jarayoni

Ichak infeksiyalari va invaziyalar

Mutaxassislikda va pedagogikada malaka oshirish

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Raximova Visolaxon Shavkatovna, t.f.n., dotsent

Akademik ta'lim:

1993-2001 yy. - 2-Toshkent Davlat Tibbiyoti institutining talabasi

2001-2003 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, «Yuqumli kasalliklar» kafedrasining klinik ordinatori

2003-2010 yy. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, «Yuqumli kasalliklar» kafedrasining stajer o‘qituvchisi

2010 -2014 yy.  - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, «Yuqumli kasalliklar» kafedrasining assistenti

2014-2020 yy.   - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, «Yuqumli kasalliklar» kafedrasining dotsent vazifani bajaruvchi

2020-2021 yy.   - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, «Yuqumli kasalliklar» kafedrasining dotsenti

2021 y.  h.v.       - Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi yuqumli                            kasalliklar kafedrasi dotsenti

Ilmiy ishlari:

2010 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2019 yildan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti

Nashrlar: 20 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Virusologiya  ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kengashi a’zosi

 Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi fakulteti kengashi a’zosi

O‘zbekiston gepatologlar uyushmasi a’zosi

Professional tajriba:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining KOVID-19 bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha klinik protokollari va uslubiy tavsiyalarini ham muallifi.

 

«Ko‘krak nishoni» davlat mukofoti bilan taqdirlangan

Shifokorlar bilan ishlashda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanadi

Yuqumli kasalliklar mavzusida 20 dan ortiq o‘quv dasturlari, test savollari, tematik muammolar  muallifi.

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Virusli gepatit va virusli etiologiyaning sirrozi

OIV infeksiyasi

Ichak infeksiyalari va invaziyalari

Mutaxassislikda va pedagogikadan malaka oshiradi

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Asilova Muxaye Ubayevna, t.f.d.

Akademik ta'lim:

1982-1988 yy. - O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti talabasi

1988-1989 yy. - Toshkent shahri 4-sonli bolalar  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasi internatura    shifokori

1989-1992 yy. - Toshkent shahri 4-sonli bolalar  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasi  shifokori

1992-1994 yy. - Toshkent shahri 4-sonli bolalar  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasi  bo‘lim mudiri

1996-2000 yy. - Toshkent shahri 2-sonli yuqumli  kasalliklar  shifoxonasi shifokori

2000-2005 yy. - Toshkent shahri 2-sonli yuqumli  kasalliklar  shifoxonasi davolash ishlari bo‘yicha  bosh  shifokori muovini

2005-2006 yy. - Toshkent shahri 2-sonli yuqumli  kasalliklar  shifoxonasi bosh  shifokori

2006-2009 yy. - Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi gepatit kasalliklari bo‘limi mudiri

2009-2021 yy. - Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori

2021 y. -  2023.  - Respublika ixtisoslashtirilgan  epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot institui klinikasi bosh shifokori

2024- x.v. - dotsent kafedrы infeksionnыx bolezney Syentra razvitiya professionalnoy kvalifikasii medisinskix rabotnikov

Ilmiy ishlari:

2004 yilda “Shigelы, fleksner etiologiyali bakterial dizenteriyaning klinik aspektlari, antibiotiklarga chidamliligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi,

2015 yilda “ O‘zbekistonda bolalar virusli diareyalari: klinikasi, tashxisi va molekulyar - genetik xususiyatlari ” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi

 

Uning 85 dan ortiq ilmiy maqolalari, tezislar, metodik qo‘llanmalari, shu jumladan 16 ta ilmiy maqolalari chet el va qo‘shni davlatlarda chop etilgan, ilmiy konferensiyalarda o‘zining ma’ruzalarini o‘qib eshittirgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

2020y.,  I darajali «SALOMATLIK»  ordeni

2017-2019 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahri Yunusobod tumani Kengashi  deputati

Professional tajriba:

Yuqumli  kasaliklar  soxasida stasionar sharoitida bemorlarga uzluksiz shifokor nazoratini ta’minladi.  “Tibbiy isloh qilish” Davlat dasturi asosida shifoxonada bemorlarnin o‘tkir va surunkali xastaliklarini davolash va tashxisni aniqlash ishlarida zamonaviy usullarda va yangi tibbiy asbob-uskunalardan hamda jixozlardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Bolalarda virusli diareyalar tashhisini yuqori darajaga ko‘tarish. Ularnig klinik-laborator, epidemiologik xususiyatlarini aniqlash va davolash usullarini ishlab chiqish masalalari M.Asilova rahbarligida “Bolalarda o‘tkir diyareyalarni tashxislashning yangi usullarini amalda tadbiq etish”  ilmiy tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan. Bemorlarni kasalxonada yotish muddati qisqardi va har tomonlama bo‘ladigan sarf-harajatlar o‘rta hisobda 20-30% ga kamaydi.

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

EGAMOVA Intizor Normuxamadovna

Akademik ta'lim:

1993-2000 yy. - Samarkand Davlat Tibbiyot Instituti talabasi

2000-2001 yy -  Samarqand shahri 8-sonli oilaviy poliklinikasi o‘smirlar shifokori

2001-2004 yy -  Toshkent shahri 13-sonli oilaviy poliklinikasi o‘smirlar shifokori

2004-2007 yy -  Toshkent shahri 13-sonli oilaviy poliklinikasi yukumli kasalliklar shifokori

2009-2011 yy. - Virusologiya ilmiy-tekshirish institutini klinik ordinatori.

2011-2012 yy -  Toshkent shahri 6-sonli oilaviy poliklinikasi yukumli kasalliklar shifokori

2012-2014 yy. - Virusologiya ilmiy-tekshirish institutini klinikasini tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘yicha bosh shifokor muovini.

2014-2016 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti «Yukumli kasalliklar va virusologiya »     kafedrasi  katta ilmiy xodim izlanuvchi.

2017 -  h.v.      - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi «Yukumli kasalliklar va virusologiya »     kafedrasi assistenti

Ilmiy ishlari:

2019 yil — « Chayld-Pьyu A klassi  VGS  jigar sirrozining diagnostik, prognostik va terapevtik jihatlari» mavzusidagi dissertatsiya himoyasi.

Ilmiy izlanishlari natijalariga ko‘ra 19 ta ilmiy ishlar, jumladan, 10 ta maqola, jumladan, 8 tasi respublika, 2 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkiliy-uslubiy bo‘lim boshlig‘i

Professional tajriba:

Xalqaro faoliyatni olib boradi: Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan birgalikda Shinomed klinikasi (Hindiston) bilan telemedisina doirasida onlayn konferensiyalar o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining KOVID-19 bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha klinik protokollari va uslubiy tavsiyalarini muallifi

Ishning asosiy yo'nalishlari:
To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Saydaliyev Saidaziz Saidimuratovich

Akademik ta'lim:

2003-2010 yy. - Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi

2010-2013 yy. - Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti magistri

2013-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi shifokor-ordinatori

2014-2016 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi stajer-o‘qituvchisi

2016-2021 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti 

2021 y. va h.v. - Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi yuqumli kasalliklar   kafedrasi assistenti

Ilmiy ishlari:

Qrim-Kongo gemorragik isitmasi: patogenetik jihatlari va davolashni optimallashtirish mavzusidagi dissertatsiya ishi.

10 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Gemorragik isitma bilan og‘rigan bemorlarga yordam ko‘rsatish» guruhi a’zosi.

Professional tajriba:

Xalqaro faoliyatni olib boradi: Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan birgalikda Shinomed klinikasi (Hindiston) bilan telemedisina doirasida onlayn konferensiyalar o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining KOVID-19 bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha klinik protokollari va uslubiy tavsiyalarini muallifi

Davlat mukofoti bilan taqdirlangan

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Virusli gepatit va virusli etiologiyaning sirrozi

OIV infeksiyasi

Gemorragik isitma

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Muminova Shaxlo

Akademik ta'lim:

2005-2012 yy.            - Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti talabasi

2012-2015 yy.            - Samarqand Davlat tibbiyot instituti magistratura talabasi

2012-2013 yy.            - Jomboy tumani Tibbiyot birlashmasi bolalar shifokori

2013-2013 yy.            - Samarqand shahar 11-sonli poliklinika yuqumli kasalliklar shifokori

2015-2019 yy.            - Samarqand Davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va teri-   tanosil kasalliklar kafedrasi assistenti

2019-2020 yy.            - Toshkent shahar Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikada bosh infeksionisti

2020-2023 yy.            -Bola parvarishida
2023 y.- x.v    - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi yuqumli    kasalliklar kafedrasi assistenti

Ilmiy ishlari: Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar: Professional tajriba:

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasining virusli gepatit bo‘limida amaliyotchi vrachi.

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Virusli gepatit va virusli etiologiyaning sirrozi