Pediatriya kafedrasining tashkilotchisi Leningrad harbiy-tibbiy akademiyasi professori, pediatr Levi Grigoriy Semyonovich (1891-1977) hisoblanadi. Uning say harakatlari bilan 1943 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashi qarori bilan Pediatriya kafedrasi tashkil etilgan va 1943-1946 yillarda Levi Grigoriy Semyonovich rahbarlik qilgan.
PЕDIATRIYA KAFЕDRASI MUDIRI LAVOZIMIDA FAOLIYAT YURITGANLAR
Gershenovich Rafail Samoylovich (1889-1960)
Gershenovich Rafail Samoylovich Pediatr, olim, professor, O'zSSR da hizmat ko'rsatgan fan arbobi, Berlin va Parij pediatrlari uyushmasi a'zosi, Pediatriya va Erta yoshli bolalar muammolari jurnali tahririyat a'zosi. O'zSSR sog'liqni saqlash vazirligi bosh pediatri, 1946-1947 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti pediatriya kafedrasini mudiri bo'lgan. O'zbekistonda onalar va bolalar salomatligini saqlash tashkilotchilaridan biri. Ilmiy yo'nalishi Respublikada mintaqaviy kasalliklarini bartaraf etishga qaratilgan. Rishta, malriya, lishmanioz kasalliklarini bartaraf etishda katta hissa qo'shdi, uning ilmiy va amaliy faoliyati bolalar orasida keng tarqalgan yuqumli kasalliklarning kamayishiga sabab bo'ldi. Uning «Bolalar lishmaniozi» «Bolalarda qorin tifi», «Bolalarda issiq mamlakatlar kasalliklarii» monografiyalarida kasalliklarni tashhislash, davolash bo'yicha qimmatli ma'lumotlar bo'lib, ular shu vatgacha dolzarbigini yo'qotmagan. Ko'p yillar davomida ular nafaqat O'zbekistonda, balki boshqa Markaziy osiyo respublikalarida ham pediatrlar uchun asosiy qo'llanma bo'lib keladi. R.S.Gershnovich 240 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. O'rta Osiyoda pediatriya maktabi asoschisi.
Bussel Ada Lvovna dotsent, t.f.n.
1948-1972 yillarda pediatriya kafedrasiga rahbarlik qilgan.
Qosimov Abdugaffor Qosimovich dotsent, t.f.n.
1972-1978 yillarda kafedraga rahbarlik qilgan.
Nurmuhamedova Muhabbat Nurmatovna dotsent, t.f.n.
1978-1990 kafedraga rahbarlik qilgan.
Professor Shamsiev Fazlitdin Sayutdinovich
1990-2023 yillarda kafedraga rahbarlik qilganlar.
Pediatriya kafedrasi mudiri Fazliddin Sayfuddinovich o'zlarining samarali faoliyatlarini ilmiy izlanishlar bilan birga olib bordilar, 6 nafar fan doktori va 20 nafar fan nomzodi ilmiy ishlariga raharlik qildilar. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar va tibbiy amaliyotda qo'llaniladigan uslubiy tavsiyanomalar muallifi.
F.S.SHamsiev bolalarda pnevmoniyaning etiologik aspektini o'rgandi, o'pka kasalliklarini tashxislash va davolashning yangi algoritmlarini ishlab chiqdi va joriy qildi, bu esa davolash natijalarini yaxshiladi. Og'ir pnevmoniya bilan og'rigan bemorlarda ishlab chiqilgan lazer terapiyasini davolash usullaridan foydalanish uning samaradorligini ko'rsatdi, turli xil asoratlar va o'lim sonini kamaytiradi. Tez-tez kasal bo'lgan bolalarda nafas olish va allergik kasalliklarning xavf omillari va rivojlanish mexanizmlarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borildi.
F.S.SHamsiev O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimida islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha Respublika bolalar pulmonologiya markazi va uning filiallari tashkilotchilaridan biri hisoblanadi.
Ular bugungi kunda tibbiyot mutahassislarining asosiy qo'llanmalaridan biri bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Professor F.S.SHamsievga 1978 yilda «Sog'liqni saqlash a'lochisi» faxriy unvoni berildi, 1979 yildan O'zRFA mukofoti laureati.
Shu kungacha Respublikamiz pediatrlarini malakasini oshirishda faoliyat yuritib kelmoqdalar
Mirsalihova Nargis Hayrullaevna tibbiyot fanlari doktori, dotsent
2022-2023 yillarda kafedraga rahbarlik qilgan.
TURLI YILLARDA PEDIATRIYA KAFEDRASIDA FAOLIYAT YURITGANLAR
Akademik Shamsiev Sayfi Shamsievich (1914-1995)
(Kafedraning ilmiy maslahatchisi 1964-1974yy)
Shamsiev Sayfi Shamsievich Institutni tugatgandan so'ng butun hayotini Pediatriyaga bag'ishlagan. Birinchi o'zbek pediatr Akademigi. 1972 yilda O'rta osiyo pediatriya instituti (SAMPI) ochilganidan so'ng bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasiga rahbarlik qilgan. Butun talantini Respublikamizda pediatriya xizmatni rivojlantirishga, bolalar salomatligini saqlashga qaratgan. Olimning rus tilida chop etilgan «Bolalarda sindromal terapiya asoslari» (1974), «Erta yoshdagi bolalarda o'tkir zotiljam» (1978), «Bolalar shifokori amaliyotida shoshilinch terapiya», «Bolalarda surunkali enterokolit» (1977), «Spravochnik uchastkovogo pediatra» (1982), «Bolalarda elektrokardiografiya asoslari», «Lekarstvennaya terapiya v pediatrii», «pediatr etikasi va deontologiyasi» va boshqa ko'plab monografiyalari pediatrlar uchun asosiy qo'llanma sifatida shu kungacha foydalanilmoqda.
Olim qanchalik yuqori lavozimda bo'lishiga qaramay juda ham oddiy, sodda va yuqori malakali mutaxassis bo'lgan.
Olimni pediatriya fani va xizmatiga qo'shgan hissasi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Professor S.SH.Shamsievga 1968 yilda “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni berildi. 1974 yilda esa u ustozi G.N.Speranskiy, akademik Yuliya Fominichna Dombrovskaya va Aleksandr Fedorovich Tur tavsiyalariga ko'ra sobiq ittifoq Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a'zosi etib saylandi, xamda qator davlat orden va medallari bilan taqdirlandi.
Professor Mirzamuhamedov Mannaf Atamatovich (1920-2002)
(1963-1967gg. - kafedra dotsenti va ToshVMOI rektori)
1960-1963 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga rahbarlik qilgan. Bu davrda bir nechta yangi fakultetlar, jumladan pediatriya fakulteti ochilgan va birinchi marta sayyor o'qitish shaklini tadbiq etgan.
Mannaf Atamatovichning say harakati bilan 1966 yilda sobiq Sovet Ittifoida birinchilardan bo'lib Onalik va bolalikni muhofaza qilish ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi va unga rahbar qilib tayinlandi.
Professor Mirzamuhamedov rahbarligida bolalar pulmonologiyasi, allergologiyasi va nefrologiyasi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan va birinchi marta tashhislash kriteriylari va davolash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishgan. 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 6 ta fan doktori, 30 ta fan nomzodi ilmiy ishlariga rahbarlik qildilar.
Mirzamuhamedov Mannaf Atamatovichning pediatriya fani va xizmatiga qo'shgan hissasi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan: O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan vrach (1954 y.), O’zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1980 y.), «Mehnat qizil bayroq» ordeni, «Fahriy nishon», 1 darajali «Sog'lom avlod uchun».
Professor Krilov Vyacheslav Ivanovich (1941-2004yy.)
Krilov V.I. rahbarligida neonatologiya, bolalar pulmonologiyasi, nefrologiyasi va immunologiyasi bo'yicha 6 dan ortiq fan doktori, 20 dan ortiq fan nomzodi ilmiy ishlari himoya qilingan.
Ko'p yillik tarix davomida kafedrada professor, fan doktorlari va amaliyotchi - o'qituvchilarlardan iborat yuqori malakali jamoa shakllangan.
Institut tamal toshini qo'ygan, uni tashkil etishda, poydevorini mustahkamlashda va shu bilan birga uni yirik o'quv va ilmiy markazga aylantirishda o'zlarining benazir ulkan xissalarini qo'shgan insonlarning xotiralari jamoada faxr bilan eslanadi.