O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 apreldagi “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 174-sonli qaroriga asosan, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab, oliy hamshiralik ishi mutaxassislarni malakasini oshirish maksadida “Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent R.K.Salixodjaeva 2017 yildan shu kunga qadar raxbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedra xodimlari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, o‘quv uslubiy, amaliy qo‘llpanma va tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. JSST, YUNISEF, GIZ kabi xalqaro tashkilotlar qo‘shma ta’lim faoliyatida kafedraning doimiy xamkori hisoblanadi.