Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

YUNISEF tashkiloti bilan xamkorlikda «Birlamchi bo‘g‘inda onalar va bolalar bilan ishlashda patronaj hamshiralar faoliyatini tashkil etishning universal-progressiv modelini joriy etish” mavzusida Respublika miqyosida seminar tashkil etildi.

 

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan xamkorlikda “ Maktabgacha ta’lim muassasalarida tibbiy yordamni tashkil etish” yo‘nalishida platforma yaratildi. 2021 yil sentyabr - dekabr oylarida maktabgacha ta’lim muassasalari hamshiralari uchun seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi,  YUNISEF tashkiloti bilan xamkorlikda 2022 yil oktyabr-noyabr oylarida seminar tashkil etildi. Unda “Bebbo” mobil ilovasi “Sog‘lom bola –pasporti” mavzuda Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidan aholi o‘rtasida 5 yoshgacha bolalari bo‘lgan aholini “Bebbo” mobil ilovasidan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha trenerlar tayyorlandi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISEF tashkiloti bilan xamkorlikda “Aholi orasida emlashni joriy etishda shaxslararo muloqotning ahamiyati” mavzusida 2023 yil 11 martda  seminar tashkil etildi.  Unda o‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan bosh va katta hamshiralar,  shuningdek immunolog va epidemiolog shifokorlar qatnashdi.

 

 

Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqasi xalqaro maslaxatchilari ishtirokida reabilitatsiya masalalarini rivojlantirish soxasida tajriba almashish, shu yo‘nalishda mutaxassislarni tayyorlash masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2023 yilning 30 mayidan 1 iyuniga qadar Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ ko‘magida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida hamshiralik va akusherlik ishini tashkil etishda yangi yondashuvlar” mavzusida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada 100 ortiq ishtirokchilar, jumladan, JSST Evropa mintaqaviy byurosining hamshiralik va akusherlik ishi siyosati bo‘yicha maslaxatchisi xamda quyidagi mamlakatlardan onlay va oflayn tarzda hamshiralik va akusherlik ishi bo‘yicha xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi: Polsha, Ruminiya, Litva, Latviya, Finlyandiya, Velikobritaniya, Irlandiya, Izrail, Portugaliya, Ispaniya, SHvetsiya, spetsialistы sestrinskogo i akusherskogo dela stran Sentralnoy Azii (Kazaxstan, Kыrgыzstan, Tadjikistan, shuningdek ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati, tibbiyot ta’limi va tibbiyot muassasalari vakillari, xududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasining hamshiralik va akusherlik ishi bo‘yicha bosh mutaxassislari, amaliyot hamshiralari va boshqa o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.

Anjumanda  Evropa mintaqasida birlamchi tizim darajasida hamshiralik va akusherlik ishini tashkil etish, palleativ yordam va reabilitatsiya masalalari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida hamshiralik va akusherlik ta’limi va amaliyotini rivojlantirish istiqbollari, ilmiy tadqiqotlar xamda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan hamshiralik va akusherlik ishining global strategik yo‘nalishlari plenar va seksion yig‘ilishlarda muxokama qilindi. Mazkur yig‘ilish yuqori saviyada o‘tkazildi, yig‘ilishda kafedra o‘qituvchilari ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar xamda tashkilotchi sifatida qatnashdilar.