Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

O‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun quyidagi o‘quv bazalari jalb etilgan: kafedraning asosiy bazasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining patologik anatomik bo‘limi hisoblanadi. Kafedra eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Uchta stolli seksiya xonasi, autopsiya va biopsiya materiallarini kesish uchun sharoit mujassam.

 

 

Bo‘limda gistologik preparatlarni bo‘yash uchun robotlashtirilgan bo‘yash apparatlari

 

 

 

Ilmiy tadqiqotlar uchun kamerali katta tadqiqot mikroskopi va morfometrik tadqiqotlar dasturi, skanerlovchi elektron mikroskop, mikropreparat skaneri mavjud

 

 

Kafedrada har yili malaka oshirish kurslarida 150 dan ortiq kursantlar, 20-25 nafar mutaxassislik kurslarida, 200 dan ortiq turli mutaxassisliklar bo‘yicha klinik ordinatorlar “Klinik patologik anatomiya” fanidan tayyorlanmoqda.

Shunday qilib, bugungi kunda Patologik anatomiya va sud-tibbiyot ekspertizasi kafedrasida yuqori malakali kadrlar va zamonaviy darajada mutaxassislar tayyorlash uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Kafedra jamoasi professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan qo‘yilgan an’analarni asrab-avaylagan holda, o‘quv jarayonini takomillashtirish, yangi texnologiyalarni ham shifokorlar tayyorlashda, ham amaliyotga joriy etishda davom etmoqda.