Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi – tarixan eng ulug‘, ilk tashkil etilgan kafedralaridan biri hisoblanadi.
Zero, Toshkent vrachlar malakasini oshirish insitituti tashkil etilgan (1932y.) vaqtdan boshlab 1948 yilgacha Patologik anatomiya ixtisosligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari integral sikllar tarkibida Toshkent tibbiyot instituti kafedarsida olib borilgan. Ma’ruzalarni professsor G.N.Terexov o‘qigan. Ushbu davrda kafedrada K.N.Dolinskaya va T.A.Sirotalar faoliyat ko‘rsatishgan.
Terexov Gleb Nikolaevich
(1887-1972yy)
T.A.Sirotaning ishtiroki va tashabbusi bilan 1948 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti qoshida – Patologik anatomiya kursi tashkil etiladi, va uning o‘zi kursning rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Sirota Toviy Abramovich
(1895-1984yy)
1950 yilda esa – Patologik anatomiya kafedrasi tashkil etiladi, unga 1975 yilgacha professor R.I.Danilova rahbarlik qilgan.
Danilova Rimma Ivanovna
(1906 – 1985yy)
Mazkur yillarda jami 546ta patologo anatom malaka oshirish sikllarida tayyogarlikdan o‘tgan bo‘lsa, 3ta klinik ordinatura kurslarida 3 ta patologo anatom ixtisos tayyorgarligidan o‘tadi. (N.I.Rasulov, V.P.Ilyinov, A.K.Kulisonova). 43 ta nomzodlik va 9 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlandi. Jumladan, V.A.Akbarov, T.M.Mirazimov, M.U.Maksumova, V.A.Stepanov, N.Sh.Suxonos, O.Boboxo‘jaev, I.Norboev, L.Kuraksina o‘zlarining ilmiy ishlarini muvoffaqiyatli himoya qiladi.
1975 yildan beri 1976 yilgacha patologik anatomiya kafedrasi mudiri vazifasini dotsent T.M.Mirazimov bajargan.
1976 yildan 1983 yilgacha kafedrani professor P.D.To‘laganov boshqargan, dotsent V.A.Stepanov va katta o‘qituvchi Z.F.Cherenoklar faoliyat ko’rsatgan.
Tulaganov Fozil Djuraevich
(1924 – 1998yy.)
Professor P.D.To‘laganov kafedraga rahbarlik qilgan davrda 500 dan ortiq patologoanatom va sud tibbiyot ekspertlari ixtisoslashuv va malaka oshirishdan o‘tkazildi. Prof. P.D.To‘laganov 1 ta doktorlik va 14 ta nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.
1989-2005 yillarda kafedrani professor Sh.B.Irgashev boshqargan.
Irgashev Shuxrat Boisovich
Kafedrada dotsent V.A.Stepanov va katta o‘qituvchi L.A.Pak faoliyat ko‘rsatgan. Kardiologiya ilmiy-tadqiqot institutining zamonaviy asbob-uskunalar va apparatlar bilan jihozlangan patomorfologiya laboratoriyasi bilan yaqin hamkorlikda o‘quv va ilmiy ishlar olib borildi.
Avvalgi yillarda sud ekspertlarini aspiranturadan keyingi tayyorlash asosan Moskva, Leningrad, Kiev va Xarkov shaharlaridagi shifokorlarni malakasini oshirish institutlarida olib borilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish zarurati tug‘ildi.
Shu sababli Sud-tibbiyot ekspertizasi Bosh byurosining talabi va tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 13.01.1993 yildagi 9-son buyrug‘i bilan kafedra Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi sifatida qayta tashkil etiladi.
Sud tibbiyoti kursi faoliyati dotsentlar: Z.A.Giyasov, K.A.Akbergenova va assistent M.A.Nasedkinalar tomonidan olib boriladi. 1995 yilda K.A.Maxsumxonov katta laborant lavozimiga, 2010 yilda assistent lavozimiga F.X.Maxmatmurodov qabul qilinadi.
2005-2007 yillarda kafedra mudiri vazifasini tibbiyot fanlari nomzodi L.A.Pak bajaradi.
Pak Liliya Alempovna
2007 yildan 2018 yilgacha kafedraga tibbiyot fanlari doktori R.Sh.Mavlyan-Xodjaev raxbarlik qiladi.
Mavlyan-Xodjaev Ravshan Shuxratovich
Mazkur davrida kafedrada quydagi professor o‘qtuvchilar ishlagan Nishanov D. A., dotsent Juravlyova E.I., Artkov J. J., assistenlar Adxamov B.A., Zalyalova Z.S., Mamirov B. R., Islamov X. T., Tashmatov S.A., Kochetov V.Ye., Sadirov A.A., Muratov X. A., Butaev A. X.
2018 yildan boshlab kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor B.A. Magrupov mudirlik qilgan.
Magrupov Boxodir Asadullaevich
Kafedrada o‘quv jarayonini optimallashtirishga e’tibor qaratilib, patologik anatomiyaning umumiy va alohida bo‘limlari bo‘yicha asosiy, chegaraviy va yakuniy bilimlarni nazorat qilish, situatsion topshiriqlar va ish o‘yinlari yordamida hazm bo‘lishini nazorat qilish uchun kafedrada ishlab chiqilgan diagnostika kartalari joriy etilgan. Kafedra o‘quv jarayonida jadval fondidan keng foydalaniladi, mikro va makropreparatlar muzeylari, laboratoriya mashg‘ulotlari va seksiyalar zalida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, patologik anatomiyaning tanlangan masalalari bo‘yicha rangli slaydlar to‘plamidan foydalaniladi.
2023 yil sentabr oyidan kafedra mudiri vazifasiga t.f.d. Q.A.Maxsumxonov tayinlangan.
Maxsumxanov Kulfiddinxon A’zamxanovich.
Bugungi kunda professorlar B. A. Magrupov, D.A.Nishanov, dotsent K.A.Akbergenova, katta o‘qituvchilar V.U.Ubaydullaeva, T.A.Vervekina, assistentlar Z.S.Zalyalova, X.A.Murotov, V.Ye.Kochetov, laborantlar I.S.Asanova, I.N.Filippova faoliyat ko‘rsatmoqda.