Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

O‘zbekistonda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida" gi 1998 yil 10 noyabrdagi 2107-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent malaka oshirish instituti negizida umumiy amaliyot shifokorlari/oilaviy shifokorlarni ixtisoslashtirish yoki tayyorlash va qayta tayyorlash kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra 1998 yilda "Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash" nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraning birinchi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Abdullo Velievich Mazgutov bo‘lgan va ular 1998 yildan 2000 yilgacha faoliyat olib borgan.

O‘zR SSVning 2006 yyl 31 avrystdagi "Birlamchi tibbiyot sog‘liqni saqlash xodimlarining uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari va asosiy tartiblarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 379-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Umumiy amaliyot vrachlarini malakasini oshirish kafedrasi tashkil qilingan (ToshVMOIning 2006 yil 11 sentabrdagi 2b-sonli buyrug‘i). Kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sh.Z.Kasimov tanlangan va 2014 yilgacha kafedrani boshqargan.

 

 

Keyingi kafedra mudirlari:

Professor Abduqahhor Vohidovich Fazilov 2000 yildan 2003 yilgacha faoliyat yuritgan bo‘lib, bo‘limning vazifasi dastlab o‘qituvchi va pedagoglar tayyorlashdan iborat bo‘lgan, 180 ta o‘qituvchi 5 yil ichida o‘qitilgan, keyinchalik Toshkent shahrida vrachlarni umumiy shifokorlik amaliyotiga qayta tayyorlash va o‘qitish boshlangan.

 

 

Professor Zohidova Mashkura Ziyomatovna 2004-2017 yillarda kafedrani boshqargan. 2017 yilgacha bo‘lgan davrda kafedrada 1000 dan ortiq Toshkent va viloyat shifokorlari tayyorlandi.

 

 

2015 yilda ilmiy Kengash qarori bilan "Kasbiy kasalliklar" kursi kafedraga qo‘shildi.

2017 yilda “UASh tayyorlash” kafedrasi va “Umumiy amaliyot shifokorlari malakasini oshirish” kafedrasi bilan birlashtirildi. Kafedrani tibbiyot fanlari doktori, dotsent Marguba Ilhomovna Rasulova 2015-2021 yillarda boshqargan.

 

 

2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110-sonli “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi oilaviy shifokor etib qayta nomlandi, shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi fan dasturlari oilaviy shifokor tayyorlashga moslashtirildi.

Kafedraning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan mutaxassislar: soy E. S., Sodiqxo‘jaeva D., Aripov T. Yu., Toshpulatova Sh., Kazakbaeva N., dotsent Ibragimova M., Sadirova M. A., Buben O., Miralieva M., Niyozova M. B., Baykulov Z.A., Tagaev M.K.

Bugungi kunda kafedrani maqsadli, irodali va professional mutaxassis DSc, Xalimbetov G‘ulomjon Sultonboevich boshqarib kelmoqda. Xozirda kafedra 48-sonli shahar oilaviy poliklinika qoshida joylashgan. Kafedrada kerakli bo‘lgan texnik-jixozlar, shuningdek oila shifokorlari amaliy ko‘nikmalarni egallashlari uchun mo‘ljallangan o‘quv klinik xonalari yetarli miqdorda tashkil etilgan.

 

 

Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: oilaviy shifokorlarning professional faoliyatidagi eng muxim jabxalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mahoratini oshirish, mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmalari xodimlarini ambulator-poliklinika xizmati bo‘yicha koordinatorlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar kattalar auditoriyasini o‘kitish bo‘yicha sayyor siklar o‘tkazish, oliy o‘quv muassasalar kafedralari o‘qituvchilarini va tibbiyot markazlari xodimlarini diplomdan, keyingi o‘qitish sikllarida yangi interfaol usullari bo‘yicha o‘qitishni tashkillashtirish va o‘tkazish uslublari bo‘yicha o‘qitish va boshqalar.

Kafedrada doimiy ishlaydigan xodimlar: tibbiyot fanlari doktori kafedra mudiri G‘. S. Xalimbetov, tibbiyot fanlari doktori, professor M. Z. Zohidova, tibbiyot fanlari doktori, professor M. A. Hamrokulova va dotsentlar: tibbiyot fanlari nomzodi R. A. Nurmuhamedova, PhD D. A. Hasanova va PhD M. S. Masharipova, assistentlar: M. U. Zohidova, X.M. Jo‘raeva va F. R. Kdirbaevalar faoliyat yuritmoqdalar.

Kafedraning ilmiy-izlanish ishlari bo‘yicha materiallar doimiy ravishda Respublika va xalqaro konferensiyalarda har yili ma’ruza qilinadi, yurtimiz va chet el ilmiy-amaliy nashrlarda chop etiladi. 2022-2023 o‘quv yilida 31 ta maqola, shu jumladan 11 tasi xalqaro jurnallarda, 34 ta tezis, shu jumladan 5 tasi xalqaro nashriyotda, shuningdek 12 ta o‘quv, uslubiy qo‘llanma va boshqa ilmiy mahsulotlar, 1 ta monografiya, 2 ta patent chop etilgan.

Assistent Zaxidova Ma’mura Umidjanovna "Klinik-epidemiologik tadqiqotlar va homilador ayollarda siydik tizimining funksional buzilishlarini erta oldini olish usullari" mavzusida kafedrada erkin izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boryapti. Ilmiy rahbar t.f.d. professor Mamasaliev N. A. Dissertatsiya himoyasi 2024 yilda Andijon davlat tibbiyot instituti maxsus kengashida himoya qilishi rejalashtirilgan.

 

 

2010 yildan boshlab “O‘zbekiston umumiy amaliyot shifokori axborotnomasi", “O‘zbekiston vrachlari assotsiatsiyasi byulleteni” jurnallari nashrlarda kafedra xodimlari faol qatnashib o‘z maqolalarini chop ettirmoqdalar. Kafedra xodimlari tomonidan 60 dan ortiq oilaviy shifokorlik soxasida, pedagogik va davolash-profilaktika yo‘nalishida uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqarilgan.

O‘zRSSV va xalqaro tashkilotlar ko‘magida "Birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini 10 yillik rivojlanish natijalari ''Respublika konferensiyasi (2010y.), "Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida ti66iy xizmatlar sifatini oshirish" III Respublika ilmiy-amatiy konferensiya (2015y.), "Sog‘lisni saqlash tizimining birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish" IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari (2017 y.) o‘tkazildi. Kafedra xodimlari tomonidan davolash-profilaktika ishlari faol olinib borilishi bilan birga amaliy sog‘liqni saqlashni boshqaruv organlari (O‘zR SSV, VSSB, TTB) bilan birgalikda joylarda monitoring va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda.

Oilaviy tibbiyot kasb kasalliklari kursi bilan kafedrasi xalqaro tashkilotlar (WHO, UNFPA, UNICEF va boshqalar) bilan oilaviy tibbiyotni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritib kelayapti.