1967 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tarkibida professor Malikov K.S. raxbarligida ilk bor Stomatologiya kafedrasi tashkil qilindi. Professor K.S. Malikov tashkil qilingan kafedraga 1996 yilgacha raxbarlik qildi. 1976 yilda kafedra negizida mustaqil ortopedik, terapevtik va jarroxlik stomatologiya kafedralari tashkil etildi.
1996 yildan boshlab ortopedik stomatologiya kafedrasi xo‘jalik xisobida ishlashni boshladi.
1998 yilda ortopedik va terapevtik stomatologiya kafedralarini qo‘shilishi natijasida xo‘jalik xisobidan faoliyat ko‘rsatuvchi 2- stomatologiya kafedrasi tashkil etildi.
1996 yildan 2007 yilgacha kafedra mudiri lavozimida dotsent S.R. Tillyaxodjaev, 2007 yildan 2015 yilgacha professor S.S. Agzamxodjaevlar ishlashdi.
2016 yil yanvar oyidan 2016 sentyabr oyigacha kafedraga t.f.d., J.A. Rizaev raxbarlik qildi.
2016 –yil 1-dekabrdan t.f.d., professor Gafforov S.A. kafedra mudiri lavozimini bajarib keldi.
2017 yil sentyabrdan stomatologiya-2 va bolalar stomatologiyasi va ortodontiya kafedralarining qo‘shilishi natijasida Stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortondiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri t.f.d., professor Gafforov S.A.
Kafedraning asosiy maqsadi va vazifalari vrach stomatologlar uchun ixtisoslashtirish xamda mavzuiy malaka oshirish tsikllarini tashkil qilish va o‘tkazishdan iboratdir. Kafedrada o‘quv- uslubiy ishlarni yaxshilash hamda kursantlarning zamonaviy stomatologik malumotlarni to‘laqonli o‘zlashtirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda ko‘plab o‘quv kullanma, uslubiy ishlanma (tavsiya)lar tayyorlandi va chop etildi. Mavzuiy test savollari bazasi yaratilgan. Hozirgi kunda kafedra terapevtik, ortopedik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya yunalishlari bo‘yicha 3000 dan ortik test savollari va vaziyatli masalalar, 50 dan ortik o‘quv filmlari, 300 dan ortiq elektron o‘quv manbalari bazasiga ega. Shu bilan birga kafedra xodimlari tomonidan kariesologiya, parodontologiya va gnatologiya yunalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmokda.
O‘zRSSVning 05.03.08 dagi №8-7.4/113 sonli xati ijrosini bajarish maqsadida 2009-2010 o‘quv yilidan kafedra qoshida «Tish texniklar malakasini oshirish kurslari» tashkil etildi. Xozirda texnik bulim to‘liq taʻminlangan.