Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi quyidagi ixtisosliklar bo`yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktoranturaga qabul e`lon qiladi

13 Okt 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktoranturaga qabul e’lon qiladi:

T/r

Ixtisoslik shifri va nomi

O‘rinlar taqsimoti

Tayanch doktorantura

Doktorantura

1

14.00.03-endokrinologiya

1

 

2

14.00.09-pediatriya

2

 

3

14.00.13-nevrologiya

 

1

4

14.00.21-stomatologiya

 

1

5

14.00.25-klinik-laborator va funksional diagnostika

2

 

6

14.00.37-anesteziologiya va reanimatologiya

2

 

 

Talab etiladigan hujjatlar:

Tayanch doktoranturaga talabgorlar uchun:

  • Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
  • Oli ma’lumot, oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
  • Nashr etilgan ilmiy ishlarning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  • Xorijiy tilni bilish darajasi to’g’risidagi belgilangan namunadagi sertifikat (kamida B1 daraja).

Doktoranturaga talabgorlar uchun:

  • Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
  • Oliy ma’lumot, Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  • Nashr etilgan ilmiy ishlarning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
  • Pasport nusxasi.
  • Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  • Xorijiy tilni bilish darajasi to’g’risidagi belgilangan namunadagi sertifikat (kamida B1 daraja).

 

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim https:// (DARAJA.ILMIY.UZ) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Hujjatlar 2025-yilning 5-noyabriga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani Parkent ko’chasi 51-uy

Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 2682549