
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 7-may kuni tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini hamda Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 15-oktabrdagi 01-28-24567 sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yilning 17-18-oktabr kunlari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan Samarqand shahrida “Sog‘liqni saqlash tizimida professional rahbarlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim transformatsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.