2023 yil sentyabr oyidan boshlab, pulmonologiya kafedrasi ftiziatriya kafedrasi bilan birlashdi va kafedra “Pulmonologiya va ftiziatriya kafedrasi klinik allergologiya kursi bilan” deb nomlandi va kafedra mudiri etib t.f.d., dos. N.N. Ubaydullaeva tayinlandi.
Kafera 2022 yildan boshlab astma kasalliklarini tashhislashda va davolashda zamonaviy metodika sifatida, yangi o`qitish dasturini tadbiq qilgan holda Yevropa instituti mutaxasisi ishtirokida 200 ortiq pulmonolog allergolog va boshqa bir qator mutaxasislarni malakasini oshirib kelmoqda.
Kafedra assistenti G.T. Tashmetovaning “O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini rivojlanish extimolligida immunjavob biomarkerlarining patogenetik bog‘liqligi va davolashga yondoshuvni optimallashtirish” DSc dissertasiya ishini tugatish arafasida, seminarga tayorgarilik boshlangan.
Ubaydullaeva N.N. ilmiy raxbarligi ostida 1 ta doktorlik va ikkita kandidatlik ilmiy ish himoyaga tayyorlanmoqda va 2024 yil yakunlanishi rejalashtirilgan.
Kafedra xodimlari tomonidan 2024 yilda ikkita “Yoshlarda nafas olish tizimining holatiga xavf omillarining bashoratli ta'siri va oldini olish usullarini optimallashtirish” va “Optimizasiya podxodov ranney dianostik i profilaktika progressirovaniya xronicheskoy obstrutivnoy bolezni legkix sredi nasleniya krupnogo promishlennogo sentra” nomli monografiyalar chop etildi.
2024 yil 20 martda pul'monologiya kafedrasi asoschisi akademik A.M. Ubaydullaevni 90 yoshga to‘lishi munosabati bilan Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish markazi anjumanlar zalida markaz xodmlari, tinglovchilari va sanat xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
2024 yil 12 iyun kuni Toshkent shaxridagi” City Palace Hotel”, mexmonxonasida “O‘zbekiston pulmonologiyasi kelib chiqishi, bosqichlari va yutuqlari” nomli Respublika ilmiy amaliy konferensiya xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada 8 chet el va 300 ortiq Respublikamiz tibbiy xodimlari ishtirok etishdi.