Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

TXKMRM psixiatriya va psixoterpiya kafedrasi 1966 yil  OʻzRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor Xudoyor Alimovich Alimov tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, 56  yil davomida  psixiatriyaning turli soxalari boʻyicha zamonaviy psixiatriya ilmining yuqori darajasi talabiga javob beradigan mutaxasislar tayyorlab kelmoqda.

Birinchi kafedra mudiri OʻzRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor Xudoyor Alimovich Alimov (1966 yildan 1972 yilgacha). U tomonidan 5 nafar tibbiyot fanlar doktori va 22 fan nomzodi tayyorlangan. X.A.Alimov 5 ta monografiya, umumiy psixopatologiyadan oʻquv qullanma va 150 dan ortiq maqola yaratgan.

1972 yildan 2001 yilgacha kafedra mudiri lavozimida professor Shaxzoda Askarovich Murtalibov ishlab keldi. U tomonidan 14 nafar tibbiyot fanlar nomzodi tayyorlangan. Sh.A.Murtalibov psixiatriyadan ma'lumotnoma va 100 dan ortiq maqola muallifidir.

2001 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlar doktori, professor Ulugbek Xudoyarovich Alimov tayinlandi.  U tomonidan 2 nafar tibbiyot fanlar doktori va 7 fan nomzodi tayyorlangan. X.A.Alimov 2 ta oʻquv qoʻllanma, 1 monografiya, xamda 190 maqola va uslubiy qoʻllanmalar yaratilgan.OʻzR SSVning bosh psixiatri sifatida psixiatriya xizmatining tashkiliy masalalari bilan shugʻullanadi. OʻzR SSVning nevrologiya va psixiatriya buyicha shifokorlarning attestasiya xay'ati a'zosi, OʻzR SSVning «Psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya» Monotematik komissiya va TXKMRM 14.00.18 «Psixiatriya va narkologiya» ixtisosligi boʻyicha ilmiy seminar kengashlarining raisi. «Nevrologiya»ilmiy amaliy jurnallarining redaksiya kengash azosi.

Shu yillar davomida kafedrada tajribali domlalar professorlardan L.A.Tursunxodjaeva, S.Z.Eshimbetovalar va dosentlardan A.A.Askarov, J.A.Zoxidov, R.R.Shokiraliev, M.X.Tursunxodjaev, O.G.Qodirovlarunumli faoliyat koʻrsatib kelgan.

Hozirgi kunda kafedrada dosent S.A.Axmedov, katta oʻqituvchi F.X.Abdullaev va assistent K.D.Xasanova ishlab kelmoqda.

Kafedrada psixiatriya, sud psixiatriyasi va suisidologiya yunalishi buyicha mutaxassislar tayyorlanib kelgan (klinik ordinatura va birlamchi, hamda kayta tayyorlash sikllarida). Ular nafaqat psixiatriya, balki sogʻlikni saqlashni boshka muassasalarida faoliyat qilib kelmokda.

OʻzR Prezidentining 20018 y. 16 martdagi 3606-sonli Farmoniga binoan 2018-2019 ukuv yilidan boshlab, yangi tayyorlangan oʻquv dasturi asosida, xozirgi kunda juda dolzarb boʻlgan psixiatriya, sud psixiatriyasi va  suisidologiya yunalishi buyicha kafedrada mutaxassislar tayyorlanadi.

Xar yili kafedra tomonidan psixiatriyadan umumiy va mavzuiy malaka oshirish sikllari oʻtkaziladi. Bu sikl nafaqat ish faoliyatini boshlayotgan, balki oʻz malakasini oshirishni istagan vrachlarga muljallangan. Bundan tashkari xar yili «Sud psixiatriyasi», «Chegaradosh xolatlar», «Suisidologiya», «Ruhiy  bemorlarni  tekshirish  usullari», «Nevrozlar  psixoterapiyasi», «Xar  hil  ruhiy  buzilish  xolatlarni  davolash», «Sogʻliqni  saqlash  birlamchi  bugʻimidagi ruhiy  salomatlikni  saqlash», «Endogen  kasalliklarni  davolash», «Ruhiy  kasalliklarni  davolash» sikllari muntazam oʻtkaziladi.

Sud psixiatriyasi siklini oʻtkazishdan asosiy maqsad, sud psixiatriya tajribasida uchraydigan maxsus masalalarni hal etishga qaratilgan: psixiatr-ekspertlarning xaq-xuquqlari, sud psixiatriya ekspertizasini tashkil qilish, hamda ruhiy bemorlarni majburiy davolash, ekspert xulosalarini toʻgʻri chiqarish kabilar. Shifokorlar SPEning ambulator va stasionar turlarida qatnashish imkoniyatiga egadirlar.

Keyingi vaqtda suisidologiya sikli alohida oʻrin egallayapdi. Ushbu sikl nafaqat psixiatrlar, balki boshka mutaxasisliklar: terapevtlar, nevropatologlar, jarroxlar va akusher-ginekologlar, pediatrlarga xam moʻljallangandir. Oʻqish davomida suisidologiyaning tashkiliy, nazariy va amaliy masalalari bilan yaqindan tanishishadi.

Shu bilan birga kafedrada ilmiy ishlarga ham katta ahamiyat berilib kelgan. Kafedrada «Shizofreniya, narkomaniya va boshqa ruhiy kasalliklardagi psixopatologik buzilishlarning klinik-ijtimoiy omillari» yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib borildmoqda. Kafedrada 7 doktorlik va 29 kandidatlik dissertasiyasi yoqlangan. Xozirgi kunda kafedrada va 3 nomzodlik ishi tayyorlanmoqda.

Kafedra xodimlari respublika psixiatriya xizmatining tashkiliy ishlarida faol oʻrin olgan. Xususan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3606-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishga doir birinchi galdagi chora-tadbirlar dasturi” va 2019 yil 13 fevraldagi 4190 - sonli “2019 — 2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi  qarorlari loixasini tayyorlashda va topshiriklarini bajarishda, xamda Oʻzbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida” qonun loixasini ishlab chiqishda kafedra xodimlari faol qatnashib kelgan.

Kafedrada xalqaro aloqalar, ham oʻrnatilgan. Xususan kafedra xodimlari Fransiyaning Tuluz univesitetining psixiatriya klinikasida, Parij universitetining Nekker nomli psixiatriya klinikasida va AQSh Sent Luis universitetining psixiatriya klinikalarida tajriba almashtirib kelgan. Rossiya tibbiyot va farmasevt hodimlar Assosiasi oʻquv markazi va RF V.M. Bexterev nomli Sankt-Peterburg psixonevrologi ilmiy tekshirish instituti bilan aloqa oʻrnatilib, psixiatrlar uchun muntazam ravishda seminar va master-klasslar oʻtkazilib kelmoqda.