Kafedra 1985 -yilda tashkil topgan boʻlib, dastlab Terapiya-Sh deb yuritilgan. Kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Najim Kayumovich Boboxujaev raxbarlik kilgan.
Babaxodjaev N.K oʻz ish faoliyati davomida «Oʻsmirlar patologiyasi» kursini tashkil qilgan. Kafedrada ekstragenital patologiyalar boʻyicha faol ishlar olib borilgan, 4 ta kandidatlik dissertatsiyasi yoqlangan.
2001-yildan kafedraga mudir kilib tibbiyot fanlari doktori, prof. Sh.N. Nosirov tayinlangan.
2011-yildan boshlab kafedra “Ichki kasalliklar va farmakoterapiya” deb nomlandi. Shu munosabat bilan oʻquv dasturlarida farmakoterapiya masalalariga koʻproq eʼtibor qaratildi.
2017-2018-yilkafedrani professor Kayumov U.K. boshchiligidagi «Ichki kasalliklar» kafedrasi bilan birlashtirildi.
2018-yilmay oyida kafedra ikkiga «Ichki kasalliklar №1» va «Ichki kasalliklar №2» kafedralariga ajratildi. «Ichki kasalliklar №2» kafedrasi mudiri etib t.f.d., Ibragimov А.Y. tayinlandi.
2023-yilsentyabr oyida «Ichki kasalliklar №1» va «Ichki kasalliklar №2» kafedralari yana birlashtirilib, Ichki kasalliklar kafedrasi tashkil qilindi va t.f.d., Ibragimov А.Y. kafedra mudiri etib tayinlandi