Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi 5590-son qaroriga asosan “Klinik allergologiya” kursi tashkil etildi va kafedra nomi “Pulmonologiya Klinik allergologiya kursi bilan” deb oʻzgartirildi. Professor Razikova Ilmira Sadullayevna kurs rahbari lavozimiga tayinlandi. Allergologiya kursining klinik bazasi Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida joylashgan. 2019 va 2022-yillar oraligʻida Kurs xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan: “ALLERGOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA” ixtisosligi boʻyicha oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim dasturi va terapevtik profilning barcha mutaxassisliklari shifokorlari uchun “KLINIK ALLERGOLOGIYA” muammolari boʻyicha 14 ta tematik takomillashtirish dasturlari. 2022-yildan boshlab kurs boʻyicha “Allergologiya va immunologiya” mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinatura tiklandi. Kafedra xodimlari pedagogik faoliyat bilan bir qatorda “Molekulyar-genetik diagnostika, respirator allergiyaning yerta rivojlanishi va klinik kechishini bashorat qilish uchun markerlar panelini yaratish” muammosi yuzasidan tibbiy faoliyat va ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedra xodimlari xalqaro, respublika kongress va konferensiyalarida faol ishtirok yetib, maʼruzalar bilan qatnashib, ilmiy yutuqlarini namoyish yetib kelmoqdalar. Kursning klinik bazasini jihozlash klinik ordinatorlar va tinglovchilarga allergologiyani optimal oʻzlashtirishga imkon beradi. Kurs kompyuter laboratoriyasi, keng sinf xonalari va multimedia uskunalari bilan jihozlangan maʼruzalar zali bilan jihozlangan.
Kursning asbob uskunalar bilan taʼminlanganligi tinglovchilar va klinik ordinatorlar oʻquv jarayonini mukammal oʻrganish uchun yoʻnaltirilgan. Kursning klinik bazalsida amaliy mashgʻulotlar uchun aloxida xonalar, kutubxona va maʼruza zallari mavjud, bular xammasi albatta kursantlar va kurs xodimlari uchun oʻquv jarayonini optimallashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, sinf xonalarining jihozlanishi on line konferensiyalar va maslahatlashuvlar paytida hamkasblar bilan konferensiya chaqiruvlarida masofadan muloqot qilish imkonini beradi. Har bir maʼruza va amaliy dars uzluksiz diplomdan keyingi taʼlim sharoitida yangi zamonaviy tibbiy bilimlarni oʻzlashtirishning muhim sharti sifatida videomateriallar bilan jihozlangan. Oʻrganilgan materialni yaxshiroq oʻzlashtirishi uchun markaz klinikasi boʻlimlarida bemorlarni klinik tahlil qilish bilan professor-oʻqituvchilar tomonidan maslaxatlar tizimli ravishda oʻtkaziladi. Allergologiya kursi xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlarini faol olib bormoqdalar