Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 1932 yilda tashkil etilgan bo’lib O’rta Osiyoda yagona diplomdan keyingi taqsil olish instituti bo’lgan. 6-ta kafedradan tashkil topgan o’quv dargoxi xozirgi kunda yirik o’quv ilimiy amaliy markazga aylangan. 1951yil ToshVMOI da Urologiya kursi tashkil etilgan va dotsent S.M.Igron kurs mudiri etib tayinlangan. Bu davr 2-jaxon urushidan keyingi ilk yillar bo’lib tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi bo’lgan.   S.M.Igron urologiya kursi mudirligi bilan bir vaqtda ToshVMOI rektori bo’lgan.

 

Dotsent Igron Samuil Markovich

(1891-1963)

Toshkent shaxrida Prof. D. A. Vvedenskiy boshchiligidagi 60 o’rinli urologik bemorlarga malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordam ko’rsatgan yagona klinika bo’lgan. Viloyat markazlarida urologik bo’limlar yo’q edi, shoshilinch yordam jarrohlar tomonidan ko’rsatilgan. Dotsent S.M. Igron urologiya soxasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta xissa qo’shgan. U 30 dan ziyod ilmiy ishlar va «Siydik nayi toshlari» monografiyasining muallifi. Hayotining oxirgi yillari  «Kichik tos a’zolari jaroxatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borgan.

1953yil Urologiya kursi kafedraga aylantirilgan. Kafedra mudiri etib t.f.d., prof. Elizar Abramovich Frakman tayinlandi. U kafedrani 1956yilgacha boshqargan.

 

t.f.d., prof. Frakman Elizar Abramovich

(1896-1978)

Shu yillarda O’rta Osiyo Respublikalari uchun ko’p sonli malakali mutaxassislar tayyorlandi. E.A.Frakman 40dan ortik ilmiy ishlar muallifi. «Orqa uretra jaroxatlarining asoratlarini davolash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.

1961-1971yillarda kafedrani t.f.d. Koysman Asir Abramovich boshqargan. U kafedra o’quv bazasini yaratishga katta axamiyat qaratgan. Shu davrda kafedra Markaziy Osiyoda urologlarni tayyorlovchi yagona o’qitish markazi bo’lgan.

Koysman A.A. 1971yil «Pielonefritni tashxislash va uning profilaktikasi usullari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. U 100dan ziyod ilmiy ishlar muallifi. Shu davrda kafedrada I.S.Bolgarskiy, D.M.Rubinov, I.D.Zmoyro va I.V.Vasixonov nomzodlik dissertatsiyalarni ximoya qilishgan.

 

t.f.d. Koysman Asir Abramovich

(1919-1971)

1971 - 1988 yillar kafedra mudiri vazifasini professor, Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi, t.f.d., professor Muxtarov Odil Muxtorovich bajargan. Muxtorov 1970yil «O’tkir yiringli pielonefrit» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.   Urologiya darsligini o’zbek tiliga tarjima qilgan. U «Xirurgik andrologiya», «Troakar sistostomiya», «Autogemotransfuziya», «O’tkir buyrak yetishmovchiligi», «Urologik kasalliklarda iglorefleksoterapiya» monografiyalari muallifi. Sog’liqni saqlash vazirligi bosh urologi vazifasida olib borgan say-xarakatlari natijasida Respublikamizda urologiya xizmati yanada rivoj topdi, urologik yotoq o’rinlar soni oshdi, Qarshi, Nukus, Jizzax, Kattaqo’rg’on va boshqa shaharlarda yangi urologik bo’limlar tashkil etildi. Kafedrada Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib perkutan antegrad pielografiya, UTT, radioizotop tekshiruvlari, angiografiya kabi yangi tekshirish usullari tadbiq etildi. O.M. Muxtorov yosh kadrlarni tayyorlashda jonbozlik ko’rsatgan.

O.M. Muxtarov O’zbekiston Respublikasi urologlari ilmiy jamiyati raisi, SSSR urologlar ilmiy jamiyati raisi muovini, «Urologiya va nefrologiya», «Meditsinskiy jurnal Uzbekistana», «Fan va turmush» jurnallari, «O’zbek sovet entsiklopediyasi» kitobi  redkollegiyasi a’zosi edi. Professor 130 ilmiy maqola va 4 monografiya muallifi,  uning raxbarligida 4 nomzodlik va 1 doktorlik dissertatsiyasi ximoya qilingan.

 

t.f.d., Professor Muxtarov Odil Muxtorovich

(1928-1988)

1988 - 1991 yillar kafedra mudiri vazifasini dotsent D.M. Rubinov bajargan.

Dotsent D.M. Rubinov 2 monografiya, 80 tadan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. U yosh kadrlarni tayyorlashga katta axamiyat bergan. Klinikaga peridural anesteziya, antegrad pielografiyani joriy etishda aktiv qatnashgan.

 

Rubinov David Meerovich.

T.f.n., dotsent

1991 yildan beri Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Urologiya va andrologiya kafedrasi mudiri vazifasini t.f.d. Professor.  Gaybullaev Asilbek Asadovich bajarib kelmoqda. Asilbek Asadovich 1975 yilda ToshMI ning davolash fakultetini tugatdi. 1975-1976 yillarda ToshMI anatomiya kafedrasi assistenti, 1977-1987 yillarda ToshVMOI Urologiya kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlagan. 1988-1990 yillarda Moskvada Rossiya urologiya ilmiy tekshirish instituti doktoranti lavozimida ilmiy ishlar olib borgan. 1992 yilda  «Erkaklar organizmini gormonlar yordamida ekstrogenizatsiyasini bajarish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1993 yilda professor  unvonini oldi. 1997 yilda ToshVMOI Urologiya klinikasi qoshida Toshkent shaxar urologiya markazini tashkil etdi.

Kafedra yillar davomida ilmiy ishlar olib borilgan. Asosiy yo’nalishlardan  "urologik kasalliklarni tashxislash va davolashning yangi usullari", "Siydik yo’llari infektsiyasi" urologiyaning turli dolzarb masalalariga katta e’tibor berilgan. Kafedrada 30 yildan ortiq vaqt davomida kafedra xodimlari urolitiyozning oldini olish va metafialktikasi bilan shug’ullanadilar. O’zbekiston florasining dorivor o’simliklaridan va xorijiy fitopreparatlardan o’simlik preparatlarini klinik va eksperimental aprobatsiya qilish amalga oshirildi. Kafedrada yangi tadqiqot usullari joriy etildi: perkutan antegrad pielografiya, radioizotop usullari, ultratovush, angiografiya.

Kafedra tashkil etilganidan buyon kafedra xodimlari tomonidan 15 ta monografiya, 450 ta maqola va uslubiy tavsiyalar chop etilgan, 17 ta dissertatsiyani, 3 ta doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. O’tgan yillar davomida O’zbekiston va Markaziy Osiyodan 13000 dan ortiq shifokorlar o’qitildi. 500 dan ortiq shifokorlar urologiyadan iqtisoslik va masofaviy sikllar bo’yicha 800 dan ortiq mutaxassislar o’qitildi.