Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

Xirurgiya kafedrasi – 1932 yil O‘rta Osiyoda yagona Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti tarkibida tashkil etilgan. Ikkinchi jaxon urushi yillarida kafedrani professor G.A.Rotenberg boshqardi va shu davrda 3000 ta xarbiy vrachlar tayyorlandi. Professor G.A.Rotenberg raxbarligi davrida t.f.n., dotsent I.A.Eskin, t.f.n. S.M.Igrov, t.f.n., dotsent M.T.Karash va assistent M.F.Saidovlar faoliyat olib bordilar xamda kafedraga professor S.A.Muminov, assistent R.K.Federmesserlar taklif qilindi.

Kafedraga 1953-1964 yillarda dotsent M.N.Gasparin, 1964-1975 yillarda tibbiyot fanlari doktori X.N.Muratova, 1975-1996 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sh.Sh.Ilьson raxbarlik qildilar.

1996-1998 yillarda malakali xirurg – professor F.G.Nazirov kafedrani boshqardi. Uning rahbarligi davrida kafedra faoliyat uchun yuksak imkoniyatlar yaratilib, nazariy va amaliy ko‘nikmalar Respublikamizning barcha xirurglariga keng tadbiq qilindi, 1998-2004 yillarda kafedrani professor A.M.Xudoyberganov boshqardi.

2004 yildan boshlab kafedrani yetuk mutaxassis – professor X.A.Akilov boshqarmoqda. U kishining rahbarligida kafedra bazasi kengaytirilib, to‘liq, zamonaviy uskunalar bilan jixozlandi.

2005 yil fevraldan kafedra tarkibiga 1999 yilda professor A.S.Sulaymanov boshchiligida tashkil topgan “Bolalar xirurgiyasi” kursi kiritildi. Ushbu kursni 1999-2000 yillarda Rossiya fanlar Akademiyasining muxbir a'zosi, Qozog‘iston Tibbiyot fanlar Akademiyasining xaqiqiy a'zosi, professor A.S.Sulaymanov, 2000-2003 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent E.I.Ilyasov boshqardi, 2004 yilda “Bolalar xirurgiya” kafedrasi tashkil qilinib, unga professor J.B.Beknazarov rahbarlik qildi.

 2005 yildan boshlab kafedra “Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi” deb nomlanib, hozirgi kunda professor X.A.Akilov rahbarligida t.f.d. F.A.Dautov, t.f.d. F.Sh.Primov, t.f.d. A.U.Raximov, dotsent R.R.Soatov, dotsent Sh.A.Nizomov, ass A.M.Fayziyev va ass. B.N.Tilovovlar faoliyat olib bormoqdalar.

Hozirda kafedrada ko‘krak qafasi a'zolari xirurgiyasi, bolalar shoshilinch xirurgiyasi, o‘t yo‘llari, oshqozon – 12 barmoq ichak, siydik ajratish a'zolarining rekonstruktiv xirurgiyasi bo‘yicha ilmiy yo‘nalishda izlanishlar olib borilishi natijasida 500 dan ortiq ilmiy risolalar chop etilgan, shu jumladan, monografiya, patent va dissertatsiyalar. Bugungi kunga kelib kafedra xodimlari Respublika va Xalqaro konferentsiya va simpoziumlarda faol ishtirok etishmoqda.