Kafedra bazasi hisoblangan Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasida malaka oshirish va ixtisoslashtirish uchun kelgan tinglovchilarga barcha shart-sharoitlar mavjud.
Kafedrada oftalmologiyaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza, seminar va amaliy darslar olib boriladi.
Kafedra xodimlari muntazam ravishda Respublika hamda xorijiy ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan, shuningdek, anjuman tashkilotchilari sifatida faol ishtirok etadilar.
Kafedra xodimlari SSV va Markaz tomonidan tashkil etiladigan turli ma’daniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish tadbirlarda xam faol ishtirok etib keladilar.
Kafedra xodimlari mukofotlari