Nefrologiya va ekstrakorporal detoksikatsiya sohasining qadimigi davrdagi shakillanishi va rivojlanishi
O'tmishsiz keljak yo`q. Buyrak kasalliklari qadim zamonlardan beri ma'lum. Nefrotik sindromning tavsiflarini Gippokrat qo'lyozmalarida topish mumkin.
Urolitiyoz bilan bog'liq buyrakning og'ir shikastlanishlari Misr qo'lyozmalarida kuzatilgan.
Garchi Gippokrat u kuzatgan bemorlarda shish sindromini tasvirlab berdgan bolsada, ammo shish paydo bo'lishining buyrak, jigar va yurak sabablari unga qorong`u bo`lgan. U siydikning vizual xususiyatlarining o'zgarishiga asoslanib, buyrak kasalligi bu holatga olib kelishi mumkinligini ko'rsatgan.
Аbu Аli ibn Sino oʼzining “Tib qonunlari” asarida peshobning tabiatini koʼrib turib uning buyrak yoki jigar kasalliklari tufayli kelib chiqqan shish ekanligini ajratish mumkin deb aytgan.
Nefrologiyaning rivojlanishida Tareev E.M. (1895-1986). katta rol oʻynagan. O'nlab yillar davomida u buyrak kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, patomorfologiyasi va autoimmun buyrak kasalliklarining patobiologiyasini o`rgangan. Bir qator asarlari ikkilamchi nefropatiyalar: homiladorlik nefropatiyasi, revmatizm, revmatoid artrit, miyeloma, kollagen, gemorragik vaskulit va gemodializdan uzoq muddatli foydalanishga bag'ishlangan.
Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantasiyasi kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi №PF-3846 "O'zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko'rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga asoslanib, ToshVMO rektori buyrug'i bilan tashkil qilingan.
Kafedrani 2018-2023 yillarda t.f.D., professor Rustam Nurmuxamedovich Akalaev boshqarganlar. 2023 yil sentyabrdan DSc Aripxodjaeva Gulnoza Zaynitdinovna raxbarlik kilib kelmokda.