Ilk marotaba 1967 yili Toshkent Vrachlar Malakasini oshirish Institutida vrach-stomatologlarni diplomdan keyingi tayyorlash uchun Stomatologiya kafedrasi tashkil qilingan. Kafedrani dotsent K.S.Malikov boshqargan. Shundan so‘ng ushbu kafedradan Jarroxlik stomatologiyasi (dots.Xudoyarov I.A.), Terapevtik stomatologiya (dots.Mamedova F.M.), keyinchalik Bolalar stomatologiyasi (dots.Shamsiyev X.N.) ajralib chiqqan.
1985 yil dekabr oyida TVMOIda Toshkent shaxrida ishlaydigan vrach-stomatologlar malakasini oshirish uchun stomatologiya kafedrasi tashkil qilindi. Kafedra o‘sha vaqtdagi 2-chi son Stomatologiya poliklinikasida joylashgan. Kafedraga dots.Gafurova Diloram Fayozovna mudirlik qilgan.
Dots.Gafurova D.F. kafedrani tashkil qilishga katta hissa qo‘shgan va terapevtik stomatologiya bo‘limini, jumladan fizioterapiya soxasini stomatologiyada qo‘llash bo‘limini o‘qitishda jonbozlik qilgan.
1987 yildan 2009 yilgacha kafedrada dotsent Xudoyberdiyev Gayrat Igamberdiyevich mudirlik qilib, kafedra bazalarini tashkil qilishda va yangi zamonaviy asbob uskunalar bilan jixozlashda katta ishlar olib borilgan.
Dots. Xudoyberdiyev G.I. boshchiligida terapevtik stomatologiya va ortopedik stomatologiya bo‘limlari bo‘yicha malaka oshirish uchun mo‘ljallangan Stomatologiya – 1 kafedrasi tashkil kilingan.
O‘zbekiston Respublikasi SSV ning 1989 yil 25 yanvarda 62-sonli buyrug‘iga asosan diplomdan keyingi tayyorgarlikni yaxshilash uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati vrach-stomatologlarini malakasini oshirish uchun Mirzo Ulug‘bek tumandagi 1-Stomatologiya poliklinikasi va Yunusobod tumanida joylashgan 5-Stomatologiya poliklinikasini kafedra bazalari etib tayinlandi.
2009 yildan 2022 yilgacha kafedrani professor Alimov Alisher Sodiqovich boshqarib kelgan.
Shu yillar davomida kafedraning kadrlar salohiyati xam malaka oshirish samaradorligini yaxshilash uchun kafedrada tajribali pedagog va klinitsistlar: professor t.f.d. Alimov A.S., professor t.f.d. Jumatov U.J., dotsent t.f.n. Muminova G.G., assistentlar: t.f.n. Bekmetov Z.M., Mirzabayeva S.S., Shamsiyev F.X., Osipova V.V., Fattaxov Sh., Azizov A.M., Abduyusupova K.M. kabi xodimlar mehnat qilishgan.
2022 yildan buyon 1 Stomatologiya kafedrasini t.f.d. , prof. Xaydarov Artur Mixaylovich boshqarib kelmoqda.
Kafedrada umumiy stomatologiya, terapevtik stomatologiya, ortopedik stomatologiya fanlari bo‘yicha umumiy malaka oshirish, mavzuviy malaka oshirish, ixtisoslashtirish sikllari, qayta tayyorlash, implantologiya sikli, xamda klinik ordinaturada vrach stomatologlar kasbiy malakalarini yangilab, takomillashtirib kelmoqdalar.
Ularga kafedraning malakali va oliy toifali pedagoglari mashg‘ulotlarni olib bormoqdalar: t.f.n, dotsent Aliyeva Muattar Abdulxayevna, assistentlar: PhD Karshiyev Shavkat Gafurovich, Shamsiyev Faxriddin Xamidullayevich, Abduyusupova Kamola Mirvaliyevna, Alyavi Mufassal Nasirxanovna.
Kafedra o‘quv ishlab chikarish jarayoni me'riy o‘quv dasturlari va hujjatlari asosida olib boriladi. Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari o‘quv bazalarida davolash – konsultatsiya ishlarini tinglovchilar bilan birgalikda olib boradilar. Kafedra Respublika bo‘yicha og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari bor bemorlar uchun konsultativ markaz hisoblanadi.
Xozirgi vaqtgacha ilmiy yunalish bo‘yicha kafedrada 8-ta nomzodlik, 1-ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan, 2-ta mustaqil izlanuvchi ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Xozirgi vaqtgacha Kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortik ilmiy maqolalar chop etilgan, 4-ta patent olingan va 20 dan ortik ratsionalizatorlik takliflari kiritilgan. O‘z ilmiy izlanishlari natijalarini xodimlar doimiy ravishda Respublika va Xalkaro anjumanlarda taqdim etib kelmoqdalar.