Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

2023 yil sentyabr oyidan 2024 yil iyun oyigacha kurs rahbari Nargiza Obidjonovna Ergasheva va kurs assistenti Obidjon Raximjanovich Ergashev Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida 1440 kredit «Academik Medical English» birlamchi ixtisoslik kursini tamomladilar.

2024 yil mart oyida kurs rahbari Nargiza Obidjonovna Ergasheva va kurs assistenti Xolmurod Amanovich Dadayev Toshkent farmatsevtika institutida o‘tkazilgan «Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar» ilmiy-amaliy konferentsiyada tezis va ma‘ruza bilan ishtirok etdilar.

2024 yil aprel oyida kurs assistenti Obidjon Raximjanovich Ergashev Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 288 soatga mo‘ljallangan kursda ta‘lim oldi.

2024 yil oktyabr oyida kurs rahbari Nargiza Obidjonovna Ergasheva va kurs assistenti Xolmurod Amanovich Dadayev Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan «Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) – tibbiyot javoxiri» ilmiy-amaliy konferentsiyada tezis va ma‘ruza bilan ishtirok etdi.

2024 yil noyabr oyida kurs rahbari Nargiza Obidjonovna Ergasheva Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, hamda Haian hospital of traditional Chinese medicine hamkorligida 72 kredit «An‘anaviy Xitoy tibbiyot terapiyasi» kursini tugatdi.

2024 yil dekabr oyida kurs rahbari Nargiza Obidjonovna Ergasheva Sansya Chuntsin tibbiyot kollejida 144 kredit «An‘anaviy Xitoy tibbiyoti» kursini tugatdi va ma‘ruza bilan ishtirok etdi.

2021-2024 yillar ichida Xalq tabobati kursida 1 ta DSc va 2 ta PhD tayyorlanib himoyaga olib chiqildi va diplom berildi.

2024 yil Xalq tabobati kursiga klinik ordinaturaga qabul qilish uchun kvota ajratildi.