TXKMRM Epidemiologiya kafedrasi (sobiq ToshVMOI) 1932 yilda tashkil topgan.
Kafedrani boshqarganlar:
1932 yildan 1950 yilgacha – professor Grekov A.D.
1950 yildan 1952 yilgacha – professor Gildin S.R.
1952 yildan 1957 yilgacha – professor Grekov A.D.
1958 yildan 1960 yilgacha – professor Badanov M.I.
1960 yildan 1977 yilgacha – dotsent Podgornova P.G.
1977 yildan 2005 yilgacha – dotsent Baxramova R.A.
2005 yildan 2011 yilgacha – professor Niyazmatov B.I.
2011 yildan 2017 yilgacha – t.f.n. Saidaliev S.S.
2017 yildan hozirga qadar – professor Iskandarova G.T.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
1. Iskandarova Gulnoza Tulkinovna – t.f.d., professor, kafedra mudiri
2. Raxmanova Jamila Amanovna – t.f.d., kafedra dotsenti
3. Ne’matov Aminjon Sabdarovich – t.f.d., kafedra professori
4. Zoirova Nigora Taxirovna – kafedra katta o‘qituvchisi
8. Farmonova Maxfuza Fatulloevna – xona mudiri
Kafedraning rivojiga Diveeva F.X., Sokolova I.S., Lebedeva N.P., Burakova Ye.F., Yarmuxamedov M.A., Xakimov M.M. kabi mutaxassislar salmoqli hissa qo‘shdilar. Kafedrada 12 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va 6 nafar tibbiyot fanlari doktori tayyorlandi. Ayni paytda kafedrada 2 ta doktorlik va 5 ta kandidatlik dissertatsiya ishlari olib borilmoqda. Kafedra xodimlari tomonidan 800 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi "Immunoprofilaktika vositalari bilan nazorat qilinadigan infeksiyalarga qarshi kurashda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish".
Yutuqlar va hamkorlik. Epidemiologiya kafedrasi professor - o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Yonsey universiteti (Seul) va Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA ning epidemiolog professorlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Muvaffaqiyatli hamkorlik natijasida umumiy malaka oshirish va birlamchi ixtisoslashtirish bo‘yicha o‘zbek-koreys qo‘shma o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va qo‘shma sikllar o‘tkazilmoqda. JSST, CDC, UNICEF, KOICA, KOFIH, GIZ kabi xalqaro tashkilotlar kafedraning ta’lim faoliyatidagi doimiy hamkorlari hisoblanadi.