Laborator xizmat jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan vaqtda, kafedra yangi laborator tekshiruvlarni, turli xil yangi laborator analizatorlarni o‘quv jarayoniga joriy qilishga harakat qilmoqda, yangi to‘liq avtomat va yarim avtomat bioximik avtoanalizatorlar, PSR, IFA, IXLA, suyuq sitologiya shular jumlasidandir.
Oxirgi yillarda laborator tekshiruvlarning sifati, uni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, shularni inobatga olgan holda kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlaridan biri bu “Tibbiy laboratoriyalarda sifatni nazorat qilish” bo‘lib qolmoqda. Bu borada ilimiy ishlar olib borilib, shu mavzuda doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi.