Prof.Shamansurov nomli bolalar nevrologiyasi kafedrasining yo’nalishi: “Bolalarda insultologiya muammolari: insultlarning patogenezi, klinik ko’rinishlari, reabilitasiyasi va davosi”
O’quv jarayonida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun quyidagi o’quv bazalari jalb etilgan: 1Shahar bolalar klinik shifoxonasi, Respublika “Ona va bola”skrining markazi, U.K. Kurbanov nomli bolalar psixonevrologik shifoxonasidir.
Bolalar nevrologiyasi kafedrasida har yili 20 ga yaqin klinik ordinatorlar tayyorlanadi. Birlamchi ixtisoslashtirish sikllarida boshqa soha shifokorlari bolalar nevrologiyasi ixtisosligiga o’qitiladi. Klinik fiziologiya mavzusida muntazam sikllar tashkillashtiriladi. Oxirgi 5 yil davomida 1637 kursant o’qitilgan bo’lib, shulardan 570 tasi ixtisoslashtirish bo’yicha. Bundan tashqari shu yillar mobaynida 106 ta klinik ordinator tayyorlangan. Tayyorlangan mutaxassislar Respublikada va xorijiy davlatlarda mehnat qilyaptilar. Kafedra tomonidan Respublika Bolalar nevrologlari Assosiasiyasi tuzilgan bo’lib, Assosiasiya amaliyotda faoliyat ko’rsatuvchi shifokorlarga amaliy,uslubiy yordam ko’rsatadi.
Kafedraning ilmiy salohiyati baland, unda 1 ta professor, 3 ta fan doktori, 6 ta t.f.n., faoliyat yuritadilar. Kafedra xodimlari muntazam o’z malakalarini oshirish ustida tinmay izlanadilar va Respublikada va xorijiy davlatlarda o’z malakalarini oshiradilar.
Muallimlar yurtimizda va xorijda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib keladilar va o’zlari ham ilmiy anjumanlar tashkillashtiradilar. Xususan, 2023 yilning 6-7 oktyabr kunlari xorijiy hamkorlikda bolalar nevrologiyasining dolzarb masalalari mavzusida ilmiy amaliy konferensiya uyushtirildi.
Bolalar nevrologiyasi kafedrasi Rossiya diplomdan keyingi ta’lim Akademiyasi (prof.Zikov V.P.); N.I.Pirogov nomli Rossiya milliy ilmiy tekshirish tibbiy universiteti, akdemik L.O.Badalyan nomli “Nevrologiya, neyroxirurgiya va tibbiy genetika” kafedrasi mudiri,professor Zavadenko N. N. “Bolalar nevrologiyasi va epilepsiyasi” markazi ilmiy rahbari,professor Muxin K.Yu. va boshq. bilan xamkorlik aloqalarini o’rnatgan.
Prof.Shamansurov Sh.Sh. va kafedra xodimlari xorijda va Respublika miqyosidagi ilmiy amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadilar:
2024 y. Janubiy Afrikada o’tkazilgan 18-bolalar nevrologlari kongressi
Kafedra xodimlari viloyatlarga sanitar aviasiya tarmog’i orqali maslahat yordami ko’rsatadilar,shuningdek, Bolalar muruvvat uylarida ko’riklar va Bolalar Milliy markazida maslahat yordami o’tkazadilar.
Kafedrada tibbiy genetiklarni tayerlash bo’yicha ixtisoslashtirish va MMO sikllari o’tkaziladi.
Kafedrada ma’rifat va ma’naviyat ishlariga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.