Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

1969 yilda Toshkent shahridagi Vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyot fanlari nomzodi Romanova Magdalena Aleksandrovna rahbarligida 2-jarrohlik kafedrasida “Anesteziologiya va reanimatsiya” kursi ochilgan.

 

 

Kurs asosida 1970 yilda professor Zarzar Aza Semyonovna Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasini tashkil qildi.

 

 

1987 yilda kafedrada Anesteziologiya va bolalar reanimatologiyasi kursi tashkil etilib, unga dotsent Muxitdinova Xura Nuritdinovna mudirlik qilgan.

 

 

1988 yilda kafedra kursdan qayta tashkil etilgan. Anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasi negizida tuzilgan Bolalik davri anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasiga dotsent Muxitdinova Xura Nuritdinovna mudirlik qilgan.

 

 

2004-yil may oyidan 2020-yil dekabrigacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Satvaldiyeva Elmira Abdusamatovna boshqargan. Professor E.A.Satvaldiyeva - Anesteziologlar uchun Evropa Ta'lim Jamg'armasi (C.E.E.A.) o'quv kursi o'qituvchisidir. Professor E.A.Satvaldiyeva Ilmiy rahbarligida, tibbiyot fanlari nomzodi uchun 2 ta dissertatsiya tayyorlandi va muvaffaqiyatli himoya qilindi.

 

 

2021 yil yanvar oyidan hozirgacha kafedra mudiri Xamraeva Gulchehra Shaxobovna. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” medali bilan taqdirlandi.

Kafedramizda turli davrlarda samarali mehnat qilganlar - professor V.I.Aqalaev, dotsentlar R.A.Ablakulova, T.R Toksikologiya kafedrasi t.f.n. II darajali “Salomatlik” ordeni laureati Xojiyev X.Sh., tibbiyot fanlari doktori Hakimov B.B. “Kukkrak Nishoni” medali laureati, doktor Xoshimov U.U.


Hozirgi bosqichda kafedrada yuqori malakali xodimlar samarali faoliyat yuritadigan, barcha innovatsiyalar va joriy etishlarni faol qo'llab-quvvatlovchi o'qituvchilar jamoasi ishlaydi:


O'qituvchilar tarkibi
1. Xamraeva G.Sh. – tibbiyot fanlari doktori, dotsent, kafedra mudiri
2. Muxitdinova X.N. – tibbiyot fanlari doktori, professor
3. Kamilova A.T. – tibbiyot fanlari doktori, professor
4. Alimova X.P. – tibbiyot fanlari doktori, professor
5. Alauatdinova G.I. - Assistent
6. Mannapova N.X. - Assistent
7. Saytazizov X.B. - Assistent
8. Sobirova F.B. - stajyor o'qituvchi