Kafedra 1998 yilda tashkil etilgan. Kafedraning asoschisi, birinchi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi Murod Xamidovich Tursunxodjaev bo'lib, 1998-2004 yillarda unga rahbarlik qilgan.
Tursunxodjayev M.X. – haqiqiy psixiatr-narkolog, psixoterapevt, 1972 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 42 ta ilmiy ish, 5 ta risola, 7 ta uslubiy tavsiyalar muallifi.
Tursunxodjayeva M.X. – vorisi:
Professor L.A. Tursunxodjayeva, 1972 yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 2005-2023 yillarda kafedra mudiri. Psixiatriya va narkologiya masalalari bo‘yicha 150 ta ilmiy ishlar, 4 ta monografiya, 31 ta uslubiy tavsiyalar muallifi.
5 nafar tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlagan.
Ko‘p yillik samarali mehnati uchun 1-darajali “Mehnat faxriysi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Keyinchalik, 2023 sentyabr oyidan xozirgi vaqtgacha kafedraga falsafa doktori (PhD) F.Sh. Baxramov rahbarlik qilmoqda.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
1. Baxramov F.Sh.– falsafa doktori (PhD), kafedra mudiri
2. Tursunxodjayeva L.A. – kafedra professori, t.f.d., professor
3. Baymirova L.T. – kafedra assistenti, falsafa doktori (PhD)
4. Azizova D.K. – kafedra assistenti
5. Xayredinova I.I.- kafedra assistenti falsafa doktori (PhD)