O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-iyuldagi “Koreya eksport-import banki bilan hamkorlikda “Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-252-son qarori xamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 4 yanvardagi “Tibbiyot xodimlarining yetkazib beriladigan tibbiy asbob-uskunalar hamda zamonaviy texnologiyalar va axborot texnika vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish to‘g‘risida”gi 03-38/369-sonli ko‘rsatma xati ijrosi ta'minlash maqsadida, kafedra tomonidan 36 va 144 kreditga mo‘ljallangan “Tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash asoslari” mavzusida o‘quv dastur ishlab chiqilib, o‘quv sikllari tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv siklda Respublika miqyosida davolash muassasalarida asbob-uskunalar bilan ishlaydigan mutaxassislar, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari qatnashmoqda.
Siklda kafedra o‘qituvchilari bilan bir qatorda xorijiy mutaxassislar ham amaliy darslarni olib bormoqda, jumladan Rossiya, Belorussiya.
V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashkan xirurgiya Markazi
«CHIRANA ASIA» MCHJ QK
«TCMT» MCHJ QK
Tibbiyot texnikalariga xizmat ko‘rsatish o‘quv ishlab chiqarish markazi