Karimov Rafiq Nematovich 1961 yil 4 martda Andijon shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab xalq sudida sud majlisi kotibi lavozimida ish faoliyatimni boshlagan. Sovet armiyasida harbiy xizmatdan so‘ng, Irkutsk Davlat universitetining yuridik fakultetini kunduzgi bo‘limini tamomlagan. Andijon viloyat prokuraturasida tergov-tezkor xodimi sifatida xizmat qilgan. Toshkent shahrida advokatlik faoliyati bilan shug‘ullangan.
2020 yil sentyabr oyidan buyon Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida bosh yuristkonsult siftida faoliyat olib bormoqda.
Markaz bosh yuristkonsultini ishga qabul qilish va ishdan ozod qilish, uni intizomiy jazoga tortish Toshkent shahar Adliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.