Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Akilov Xabibulla Ataullaevich

Akilov Xabibulla Ataullaevich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri.

Akilov Xabibulla Atullaevich 21 yanvar 1957 yil Toshkent shahrida tavullud topgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Akilov Xabibulla Ataullaevich Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti rektori. 1980 yilda O'rta Osiyo Pediatriya tibbiyot Institutini a'lo baxolar bilan tamomlagan.
1983 yilga qadar professor Axundjanov B.A., rahbarligida normal anatomiya va jarroxlik kasalliklari kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan.
1983-1985 yillarda Akademik V. V. Voxidov nomidagi jarroxlik Ilmiy Markazida klinik ordinator, 1985 yildan jigar va o't yo'llari jarroxligi bo'limida Kichik ilmiy xodim sifatida ishlagan.
1989 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Shu yili O'zbekiston yoshlar Ittifoqi Mukofoti bilan taqdirlangan. 1989 yildan Akademik V. V. Vaxidov nomidagi jarroxlik Ilmiy Markazida ilmiy xodim, portal gipertenziya va pankreato-duodenal soxa jarroxlik bo'limida katta ilmiy xodim.
1998 yilda professor Nazirov F.G. Rahbarlikgida, jigar tsirrozi bilan og'rigan bemorlarda portal gipertenziya asoratlarini jarroxlik yo'li bilan davolash mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.
2000 yilda professor unvonini olgan.
1998-2003 yillarda Akademik V. V. Vaxidov nomidagi jarroxlik Ilmiy Markazi direktori, o'rindoshlik asosida birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot instituti gospital jarroxlik va magistratura kursi kafedrasi professori bO'lib ishlagan.
2003-2017 yillarda Toshkent Vrachlar Malaka Oshirish Instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektor bo'lib ishlagan; shuningdek, xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) bolalar xirurgiyasi bo'limi raxbari.
2017-yildan. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori.
Bugungi kunda professor Akilov X. A., ayniqsa, bolalar xirurgiyasida eng yetakchi jarrox xisoblanadi. 450 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, ratsionalizatorlik takliflar va uslubiy ishlanmalar muallifi. Professor Akilov X.A. raxbarligida 4 doktorlik, 18 nomzodlik ishlari ximoya qilindi, ayni paytda 6 ta PhD ilmiy ishlar ximoya bosqichida.
Akilov X. A. ilmiy-pedagogik, tibbiy-konsultativ va ijtimoiy faoliyatidagi ishlarni samarali olib bormokda. Uch marotaba Toshkent shaxar xalq deputatlari Kengashi deputati etib saylangan. «O'zbekiston Xirurgiyasi», «Sixat salomatlik», «Vestnik vracha obshey praktiki», «Limfologiya», «Shpitalna xirurgiya» (Ukraina) nashrlaring taxririyat kengashi a'zosi. Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti xuzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash raisi. Akilov X.A. dunyo jarroxlar uyushmasi, Pirogov nomidagi jarroxlar uyushmasi, MDX va Rossiya gepatolog-jarroxlar assotsiatsyasi Xalqaro Uyushmasi kengashi, O'zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiyot shifokorlar uyushmasi kengashi azosi, O'zbekiston bolalar jarroxlari Ilmiy jamiyati raisi, Rossiya tibbiy-texnika Akademiyasi akademigi.
O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash a'lochisi (2000), «O'zbekiston Mustaqilliligining 10 yilligi», «O'zbekiston Mustaqilliligining 20 yilligi» ko'krak nishoni xamda «Chest, Slava, Trud» (Ukraina) Georgiy medali bilan taqdirlangan.

 

 

Primov Farhod Sharifjonovich, 1983 yilda tugʻilgan, oʻzbek, maʼlumoti oliy.

2008 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.

2008-10 yillarda ToshVMOIning Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasida “Bolalar xirurgiyasi” mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturani oʻtagan.

2010-2014 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bolalar jarrohligi bo‘limida bolalar jarrohi bo‘lib ishlagan.

2014-2017 yillarda ToshVMOIning Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasida S.N.S izlanuvchi lavozimida ishlagan.

2017-yildan “Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi” kafedrasida kafedra assistenti lavozimida ishlamoqda, shuningdek, RSHTYoIM Bolalar jarrohligi bo‘limida navbatchi mas’ul bolalar jarrohi lavozimida o’rindoshlik asosida ishlab kelmoqda.

2012 yilda "Davolovchi-operativ va diagnostik laparoskopiya" mutaxassisligi bo'yicha mutaxassislikdan o'tgan.

2012-yilda Rossiya Federatsiyasida Moskva davlat tibbiyot stomatologiya universitetining Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim fakultetida “Bolalarda endoskopik jarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha malaka kursini tamomlagan.

2018-yilda Germaniya – Maynts tibbiyot universitetida “Bolalarda endoxirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy kursni tamomlagan.

2018-yilda “Bolalarda qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohatlarida diagnostika va jarrohlik davolashni takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan.

2023-yilda “Bolalarda qorin bo’shlig’ining shoshilinch patologiyasida endovizual jarrohlikning taktik va texnik jihatlarini takomillashtitish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini (DSc) himoya qilgan.

 

Nizomov Shukrillo Amriddinovich 1974 yilda ziyoli oilada tugʻilgan, xalq demokratik partiyasi a'zosi, tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, dosent.

1998 yilda Toshkent Pediatriya Medisina institutini tamomlagan. 1999-2000 yillarda Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Institutining «Bolalar xirurgiyasi kafedrasi»da katta laborant lavozimida ishladi. 2000-2002 yillarda shu kafedrada “Bolalar xirurgiyasi” mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturani oʻtadi. 2002-2004 yillarda Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Institutining bolalar xirurgiyasi kafedrasida katta laborant, 2005 yildan boshlab Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish institutining «Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasi» assistenti, 2021 yildan buyon dosenti vazifasida ishlab kelmoqda.

2021 yilda “Bolalarda uretraning posttravmatik strikturasi va obliterasiyasida xirurgik operasiyaning samaradorligini oshirish” mavzusida tibbiyot fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini ximoya qilgan.

2020 yilda “Mexr-saxovat”, 2021 yilda “Mustaqillikning 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

 

Soatov Rustam Raximovich 1952 yilda ziyoli oilada tugʻilgan, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent.

1969-1975 yillarda Toshkent tibbiyot institutida Davolash ishi fakultetida o'qigan.

1976 yilda umumiy xirurgiya yo'nalishida internaturani tamomlagan.

1976-1984 yillarda akadekmik V.Voxidov nomidagi Respublika xirurgiya ilmiy amaliy markazida jarrox lavozimida ishlagan.

1985-1995yillarda Toshkent tibbiyot institutining Gospital xirurgiya kafedrasi dosenti lavozimida ishlagan.

1996-1999 yillarda akadekmik V.Voxidov nomidagi Respublika xirurgiya ilmiy amaliy markazida jarrox lavozimida ishlagan.

1999  yildan xozirgi vaktgacha TXKMRMing  «Bolalar xirurgiyasi kafedrasi»da dosent lavozimida ishlab kelmokda.

1983 yilda “Jigar sirrozi va portal gipertenziyani jarrohlik yoʻli bilan tuzatishning mikrosirkulyasiya va jigar toʻqimalarining nafas olishiga ta'siri” mavzusida tibbiyot fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini ximoya qilgan.

 

Tilovov Bunyod Ne’matovich

1992 yilda ziyolilar oilasida tug’ilgan.

2012-2018 yillarda Toshkent Pediatriya tibbiyot institute Pediatriya yo’nalishini tamomlagan.

2018-2020 yillarda Toshkent vrachkar malakasini oshirish institutining “Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi” kafedrasida klinik ordinaturani tamomlagan.

2020-2023 yillarda TXKMRMning “Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi” kafedrasida xona mudiri lavozimida ishlab kelgan.

2023- yildan TXKMRMning “Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-