Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Nazirov Feruz Gafurovich

Nazirov Feruz Gafurovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, Akademik

NAZIROV FERUZ GAFUROVICH

Nazirov Feruz Gafurovich 1950-yil 25-mayda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan, 1973-yilda ToshMI ni tamomlagan, xozirgi paytda jigar oʻt yoʻllari va portal gipertenziya xirurgiyasi sohasida taniqli, yuqori malakali yetakchi mutaxassis xisoblanadi. Tibbiyot fanlari doktori, akademik F.G. Nazirov hozirda “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM ning direktor maslaxatchisi.

Akademik F.G. Nazirovning bevosita rahbarligi ostida abdominal jarrohligining eng murakkab yoʻnalishlaridan biri – portal gipertenziya xirurgiyasi, oʻt yoʻllarida rekonstruktiv operatsiyalar, jigar va oshqozon osti bezida barcha eng murakkab operatsiyalari bajarilmoqda. Bu operatsiyalarning aksariyati butun Markaziy Osiyo davlatlarida asosan “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” da bajarilmoqda.

Akademik F.G. Nazirov rahbarligida Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib portal tizimi aʼzolari va qon tomirlarida bajariladigan rekonstruktiv xirurgik amaliyotlarning original usullari ishlab chiqilgan. Bu esa oʻz navbatida ushbu yoʻnalishni juda muhim darajaga olib chiqishga va yuqoridagi murakkab toifadagi bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga imkon yaratdi. Jigar va oshqozon osti bezi oʻsmalarini jarroxlik yoʻli bilan davolash yoʻnalishi boʻyicha asoschilardan biri deb xisoblanadi. Uning yuqori professional qobiliyati sababli hozirgi vaqtda “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM da barcha turdagi jigar rezeksiyalari, shuningdek oshqozon osti bezidagi hamma murakkab xirurgik amaliyotlar spektri, shu bilan birga pankreatoduodenal rezeksiyasi operatsiyalari bajarilmoqda. Olim oʻt yoʻllarining rekonstruktiv xirurgiyasini rivojlantirishga ham katta eʼtibor qaratmoqda. Uning bevosita rahbarligi ostida markazda oʻt yoʻllarini jarohatlanishida barcha turdagi rekonstruktiv – tiklovchi operatsiyalar tadbiq etildi, shu bilan birga gepatikoxoledox va oʻt yoʻllarining jarohatlainishida juda murakkab amaliyotlar bajarilib, uzoq muddatli yaxshi natijalar olinmoqda.

Kuchli ilmiy-amaliy faoliyati tufayli F.G. Nazirov Rossiya va MDX davlatlari xirurg gepatologlari assosatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan. Zamonaviy gepatologiya muommolari boʻyicha ilmiy izlanishlar natijalari Rossiya va MDX davlatlari gepatologlari assosatsiyasi boshqarmasi tomonidan yuqori baholangan. "Jarrohlik gepatologiyasi yilnomalari" jurnali muharririyati tomonidan nashriyotning 15 yillik faoliyati davomida ilk bor “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” ning akademik F.G. Nazirov boshchiligidagi mualliflar portal gipertenziya xirurgiyasidagi tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni tadbiq etganligi uchun  jurnal laureati unvoniga sazovor boʻlganlar. Takidlab oʻtish lozimki ushbu nufuzli unvon F.G.Nazirov yaratgan gepatologik xirurgik xizmatning Oʻzbekiston Respublikasida yuqori oʻrinda turishini yana bir bor koʻrsatadi.

Akademik F.G.Nazirov 1997-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

2010-yilda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy mediko-xirurgik markazi faxriy doktori, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi “Fundamental meditsina” boʻlimining aʼzosi etib tayinlandi. Shu yilning oʻzida Yevropa tabiiy fanlar akademiyasi prezediumining qarori bilan Nikolay Pirogov nomidagi orden bilan taqdirlangan.

2011-yilda Moskvada “Xirurgik gepatologiyaning dolzarb muommolari” XVIII xalqaro kongressida xirurgiya sohasin rivojiga koʻshgan hissasi va alohida yutuqlari uchun akademik F.G.Nazirov mashxur jarrox A.V.Vishnevskiy nomidagi oltin medal sovrindori boʻldi.

2017-yilda F.G.Nazirov Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlandi. 

Prezindentimiz tashabbusi bilan 2020-yilda mamlakat sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishga qoʻshgan yuksak hissalari, nafaqat markazda, hamda chekka hududlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini joriy etish va bemorlarga tibbiy yordam sifatini oshirishga qoʻshgan hissalari uchun “Salomat 1” fahriy unvoni bilan taqdirlandi.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-