Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kasimova Muniraxon Sadikjanovna

Kasimova Muniraxon Sadikjanovna
Tibbiyot fanlari doktori, professor

KASIMOVA MUNIRAXON SADIKJANOVNA

1967 yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1990 yilda M.S.Kasimova Toshkent tibbiyot Institutini imtiyozli diplom bilan tamomlab, “Oftalmologiya” kafedrasiga klinik ordinator sifatida o‘qishga kirgan. 1996 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Oftalmologiya” kafedrasi aspiranturasiga o‘qishga qabul qilingan. 1998 yilda professor X.M.Kamilov ilmiy rahbarligi ostida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2000-2017 yillarda M.S.Kasimova Toshkent vrachlar malakasini oshirish Instituti “Oftalmologiya” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2017 yildan buyon mazkur kafedra professori lavozimida ishlab kelmoqda.

TXKMRM oftalmologiya bo'limida u ko'zning to'r pardasi va optik asab tomirlarida o'tkir qon aylanishining buzilishi bo'lgan bemorlarni tashhislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish va qo'llash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi.

2009 yilda M.S.Kasimova professor X.M.Kamilov rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. U oftalmologiya bo'yicha 2 ta falsafa doktorlarini (PhD) tayyorladi.

2013 yilda M.S.Kasimova Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining xalqaro bo‘limi mudiri etib tayinlandi. M.S.Kasimova TXKMRM Ilmiy kengashi raisining oʻrinbosari, stomatologiya, oftalmologiya va LOR kasalliklari boʻyicha maxsus kengash aʼzosi. “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” va “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

2017 yildan beri Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Oftalmologiya” kafedrasi professori va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-