Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kariev Saidahror Saidaslanovich

Kariev Saidahror Saidaslanovich
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent

KARIEV SAIDAHROR SAIDASLANOVICH

 

1968 yil 25 sentyabrda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1993 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplomga tugatgan.

1993-1995 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, “Urologiya” kafedra klinik ordinatori.

1995-1999 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Urologiya” kafedrasi aspiranti.

1999-2001 yy. - Birinchi-son shahar klinik shifoxona urologiya bo‘lim mudiri.

2001-2003 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Urologiya va nefrologiya” kafedra stajer-o‘qituvchi.

2003-2017 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Urologiya va nefrologiya” kafedra assistenti.

2017 yildan - TXKMRM “Urologiya va andrologiya” kafedra dotsenti va “Xirurgiya” fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Saidaxror Saidaslanovich 1999 yilda “Siydik tosh kasalligini davolashni takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini. 2019 yil “Kalsiyli urolitiazni davolash va profilaktikasi takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

O‘zbekiston va Yevropa urologlari jamiyati, Xalkaro buyrak tosh kasalligi ekspertlar qo‘mitasi a’zosi. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq tezislar, 7 ta o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, 2 ta patent, 3 elektron dastur muallifi. Respublikamizda va xalqaro ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalari bilan va moderator sifatida ishtirok etgan.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-