Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Komilov Xolidjon Maxamadjanovich

Komilov Xolidjon Maxamadjanovich
O‘zbekiston Qaxramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor

KOMILOV XOLIDJON MAXAMADJANOVICH

O‘zbekiston Qaxramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor, “Oftalmologiya” kafedrasining mudiri.

1968 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini bitirgan. 1988 yildan xozirgi kungacha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (ToshVMOI) Oftalmologiya kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Oftalmologiyada dolzarb bo‘lgan neyrooftalmologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi va boshqa ilmiy yo‘nalishlarining rivojlanishiga katta xissa qo‘shib kelmoqda. Bevosita ishtiroki va raxbarligi ostida ko‘ruv a’zolari turli kasalliklarining diagnostikasi, konservativ va mikroxirurgik usullar bilan davolashda yangi, zamonaviy ilmiy-texnik komplekslar va dori-darmonlar amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda.

Tajribali vrach va oftalmoxirurg. 770 dan ortiq ilmiy ishlar, shulardan 8 monografiya, 6 EHM dasturiga patent, 10 ta ixtiroga patent, 10 ta mualliflik guvohnomasi, 38 ta uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Professor X.M.Komilov boshchiligida 7 nafar tibbiyot fanlari doktori va 39 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari va PhD tayyorlangan. X.M.Komilov muntazam ravishda o‘z maxoratini oshirib bormoqda.  

Prezident administratsiyasi qoshidagi tibbiy-sanitariya birashmalarida davolash-maslaxat ishlari bo’yicha ma’sul. Uning boshchiligidagi oftalmologiya kafedrasi Respublikamizning barcha shifokor-oftalmologlari uchun malaka oshirish maskani bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi Ilmiy-tibbiyot Kengash a’zosi. Respublika oftalmologlari ilmiy jamiyatining Raisi, TXKMRM olimlar va jarroxlik fakulteti kengashlari, ilmiy va muammolar kengashlarining a’zosi.

Shuningdek Rossiya Federatsiyasi Tibbiy-texnik fanlar akademiyasining akademigi, Qirg‘iziston Respublikasi Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi hisoblanadi.

Komilov Xolidjon Mahamadjanovich xalq sog‘lig‘ini saqlash yo‘lidagi xizmatlari uchun 2006 yili Prezidentimiz Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2012 yili “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi, “Oltin Yulduz” medali bilan mukofotlandi. 2016 yili “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni va 2017 yili “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” ko‘krak nishoni hamda 2023 yilda birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-