Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Nasirova Umida Feruzovna

Nasirova Umida Feruzovna
Tibbiyot fanlari doktori, professor

2002 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining pediatriya fakultetini tamomlagan. 2002 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida neonatologiya kafedrasida aspirant sifatida ilmiy va pedagogik faoliyatini boshlagan.

2005 yildan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti neonatologiya kafedrasida assistent. 2005 yilda «Yangi tug‘ilgan vaqtinchalik hipotiroidizm bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning psixomatik salomatligi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.2005-2015 yillarda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Neonatologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan va 2010-2011 yillar davomida AES-2 davlat granti doirasida tadqiqot olib borgan, 2015 yilda «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bilan uyali energiya almashinuvini baholash bilan yurak-qon tomir tizimi holati» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. (14.00.09) .2016 yildan Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti kafedrasida dotsent lavozimida ishladi. Shaxar Bolalar shifoxonasi №1 bazasida chaqaloq patologiyasi bo‘limlari va reanimatologiya bo‘limida, Respublika  Perinatal markazi, RIIA Ona va bola tibbiyot markazi   klinikalarida bemorlarni davolashda ishtirok etib, havo tezyordami muammolari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Umumiy ish staji 15 yil, ilmiy va pedagogik faoliyati 14 yil. 2017 yildan boshlab TXKMRM neonatologiya kafedrasi mudiri.

Bugungi kunda markazda Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi dotsenti, t.f.d. A.K.Xamraev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi  milliy innovatsion tizimini modernizatsiyalash” (MUNIS)  loyihasi doirasida moliyalashtirilgan “Janubiy Orol bo‘yi mintaqasida sil bilan kasallanishning etnogeografik xususiyatlari” mavzusidagi (REP-19022022/142) xalqaro ilmiy granti hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Neonatologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent U.F.Nasirova rahbarligida “Chala tug‘ilgan bolalar kasalliklarini oldini olish maqsadida bashoratlashning yangi usulini ishlab chiqish” amaliy granti amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining “ O‘zbekiston Respublikasi SSV bosh neonatologi”  sifatida 2020 yildan faoliyat ko‘rsatadi.

Covid-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda muntazam faoliyat ko‘rsatdi.

Mutaxassislik malakasini oshirishda doimiy ravishda o‘z ustidi ishlaydi. Mavzuiy seminarlarda, ilmiy-amaliy konferensiya va xalqaro kongresslarda muntazam ishtirok etadi. Sohaga taaluqli oxirgi adabiyotlardan, monografiya, jurnallardan va bosh markaziy Koxreyn kutubxonasidan keng foydalanadi. Yangi olingan ma'lumotlarni dars jarayoniga  tadbiq etadi. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib kelmoqda, jumladan O‘zbekistonda, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilayotgan tibbiyot vizualizatsiyasi, diplomdan keyingi ta'limni rivojlantirish hamda zamonaviy o‘quv texnologiyalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar va xalqaro seminarlarda  muntazam ishtirok etib, o‘z malakasini oshirib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi. 90 dan ortiq ilmiy ishlar, 8 ta uslubiy tavsiyalar, 2 ta kitob va neonatologiya bo‘yicha 2 ta o‘quv qo‘llanmalari (tibbiyot oliy o‘quv yurtlari kursantlari va talabalari uchun) muallifi. Uning rahbarligida 1ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-